Enes Mahmutovic

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Enes Mahmutovic
Mahmutovic CSKA Sofia safida 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Enes Mahmutovic[1]
Tavallud sanasi 22-may 1997-yil (1997-05-22) (26 yosh)[2]
Tavallud joyi Peć, FR Yugoslavia[3]
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)[4]
Ampluasi

Markaziy himoyachi

O'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
CSKA Sofia
Raqami 22
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2017 Fola Esch 25 (0)
2017–2020 Middlesbrough 0 (0)
2018–2019Yeovil Town (ijara) 4 (0)
2019–2020MVV (ijara) 15 (0)
2020–2022 Lviv 32 (1)
2022– CSKA Sofia 6 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Luxembourg U21 4 (0)
2016– Luxembourg 21 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 28-mart uchun)

Enes Mahmutovic (1997-yil, 22-mayda tugʻilgan) — Lyuksemburglik professional futbolchi, Sofiyaning CSKA klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yozida Mahmutovic CS Fola Esch bilan birinchi professional shartnoma imzolagan.

2017-yilning 19-mayida u nomaʼlum to‘lov evaziga Championship klubi Middlesbroughga o‘tgani maʼlum bo‘ldi[5]. Mahmutovic klub safidagi debyutini 2018-yilning 14-avgustida, EFL Kubogida Notts County klubiga qarshi o‘tkazdi va 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda boshi bilan gol urdi[6]. Bu bilan u ingliz futbolida professional gol urgan tarixdagi birinchi Lyuksemburglik boʻldi[7].

2018-yilning 30-avgustida Mahmutovic 2-liga klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida qo‘shildi[8]. Uning Yeovil Towndagi vaqti 2018-yil, 31-dekabrda qisqartirildi, Mahmutovic Middlesbroughga yanvardagi transfer oynasi ochilgandan so‘ng klubga qaytdi[9].

2019-yilning 1-iyulida Mahmutovic Gollandiyaning Eerste diviziyasidan MVV Maastrichtga qo‘shildi va mavsum davomida klub safida 16 marta maydonga tushdi[10].

Middlesbrough klubi Mahmutovicni 2020-yil, 28-iyun kuni klub tomonidan qo‘yib yuborilganini eʼlon qildi[11].

2022-yil, 31-mart kuni Mahmutovic Bolgariyaning SCKA Sofia klubi bilan shartnoma imzoladi[12].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmutovic Yugoslaviyaning Peć shahrida tugʻilgan va yoshligida Lyuksemburgga koʻchib oʻtgan. U xalqaro oʻyinlarda Chernogoriya va Lyuksemburgga, shuningdek, tugʻilgan joyi Kosovo va Serbiyaga kirish huquqiga ega edi[13]. U 2016-yilning 13-noyabrida Lyuksemburg terma jamoasi safidagi debyutini Gollandiya terma jamoasiga qarshi 1:3 hisobida magʻlubyat bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 12-noyabr holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Fola Esch 2014-15 National Division 1 0 0 0 0 0 1 0
2015-16 National Division 2 0 0 0 0 0 2 0
2016-17 National Division 22 0 5 0 1 0 28 0
Jami 25 0 5 0 0 0 1 0 31 0
Middlesbrough 2017-18 Championship 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2018-19 Championship 0 0 0 0 2 1 0 0 2 1
2019-20 Championship 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 2 1 0 0 2 1
Yeovil Town (ijara) 2018-19 League Two 4 0 0 0 1 1 5 1
MVV Maastricht (ijara) 2019-20 Eerste Divisie 15 0 1 0 16 0
FC Lviv 2020-21 Ukrainian Premier League 20 1 0 0 20 1
2021-22 Ukrainian Premier League 12 0 1 0 13 0
Jami 32 1 1 0 33 1
CSKA Sofia 2022-23 First League 6 0 0 0 1 0 7 0
Karyera jami 82 1 7 0 2 1 3 1 94 3

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 28-mart holatiga ko'ra
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Lyuksemburg 2016 1 0
2017 3 0
2018 6 0
2019 1 0
2020 2 0
2021 7 0
2022 1 0
Jami 21 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2018: Middlesbrough“. English Football League. Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  2. „Middlesbrough player profiles“. mfc.co.uk. Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  3. „11v11 player profiles“. 11v11.com. 11v11. Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  4. „UEFA player profiles“. uefa.com. UEFA. Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  5. „Boro Agree Deal To Sign Enes Mahmutovic“. mfc.co.uk. Middlesbrough F.C. (2017-yil 19-may). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  6. „Middlesbrough 3–3 Notts County“. bbc.co.uk. BBC Sport. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  7. „Teesside Pride As Local Lads Make Bow“. mfc.co.uk. Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 2018-yil 15-avgust.
  8. „Enes Mahmutovic: Yeovil Town sign Middlesbrough defender on season-long loan deal“. bbc.co.uk. BBC Sport (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-avgust.
  9. „Loan Watch“. mfc.co.uk. Middlesbrough F.C. (2018-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 31-dekabr.
  10. „Enes Mahmutovic Heads to the Netherlands“. Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  11. „Retained List: July Extensions And Departures“. Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
  12. „ЦСКА - София подписа с централен защитник от украинския Лвов“ (bg). sportal.bg (2022-yil 31-mart). Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  13. „Luxembourg Will Hope Middlesbrough New Boy Can Finally Be Their Miralem Pjanic“. hitc.com. HITC. 2018-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-may.
  14. Enes Mahmutovic at National-Football-Teams.com Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash