Kontent qismiga oʻtish

Ingliz tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(English languagedan yoʻnaltirildi)
Ingliz tili
Milliy nomi English
Mamlakatlar Angliya va 75 dan ortiq mahalliy shaxslar
Rasmiylik holati rasmiy til
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1,5 milliard
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-Yevropa
Alifbosi Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 en
ISO 639-3 eng[1]

Ingliz tili (inglizcha: English) — hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. Ingliz tili dunyodagi eng koʻp ishlatiladigan tillar ichida 3-oʻrinda turadi (Ispan hamda Mandarin Xitoycha tillardan keyin). Yevropa Ittifoqining asosiy tili.

Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shimoliy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 1,5 milliarddan ortiq kishi gaplashadi (2024). Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va boshqalar)da rasmiy til sifatida qoʻllanadi.

Kelib chiqish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ingliz tili qadimgi german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Ingliz tili Angliyaning Anglo-Sakson qirolliklari hamda hozirgi janubiy-sharqiy Shotlandiya yerlari avvalgi Norzumbriya qirolligida vujudga keldi. Tarixiy manbaalarga koʻra, eski ingliz tili juda koʻplab shevalar turkumini oʻz ichiga oladi. English (ingliz) soʻzi Angles soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, bu xalqning ajododlar yurti Angeln hozirgi Schleswig-Holstein boʻlgan. Ingliz soʻzlarning koʻpchiligi lotin tilidan olingan, vaholanki, lotin tili Xristian Cherkovi hamda Yevropa tafakkur doirasining tili edi. Vikinglarning VIII hamda IX asrdagi istilosidan keyin ingliz tili eski norz-tilining bir qismini oʻzlashtirdi. Angliyaning XI asrda Normanlar tomonidan egallanilishi norman fransuz tilining ingliz tili bilan qorishishiga olib keldi. Aynan shu sababli ingliz tili lugʻaviy va imloviy tarzda roman tillar turkumiga aloqador. Oʻrta ingliz tili (XII–XV asrlar) urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan. XVI–XVII asrlarda yangi ingliz tili yuzaga kelgan. Buyuk Britaniyaning XVII va XX asr oʻrtasidagi kuchli rivojlanishi hamda AQSHning XX asrdagi dunyoviy taʼsiri ostida ingliz tilining xalqaro nufuzi oshdi.

Qadimiy ingliz tili (VII–XI asrlar) anglosaks tili deb atalgan va 4 ta shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent. IX–XI asrlarda uessek shevasi asosida adabiy ingliz tili shakllangan. Bu shevalar turkumi Buyuk Britaniyaning sharqiy qirgʻogʻiga nemis qabilalari boʻlmish anglo-saksonlar tomonidan keltirilgan. Hozirda ingliz tili oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi; shimoliy, janubiy va markaziy shevalar guruhi, AQShda Sharqiy, Oʻrta Atlantika (markaziy), janubiy, sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi mavjud. Ingliz tili fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar mavjud. Boshqa german tillaridan ingliz tili analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar (artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tili boshqa tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va boshqalar)dan 70% ga yaqin soʻz qabul qilgan. Ingliz tilining amerikancha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu bilan izohlash mumkinki, Shimoliy Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilari esa Shimoliy Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yoʻq. Professor X. Kurat taxriri ostida chiqqan „AQSH va Kanadaning tilshunoslik atlasi“da (1939) yetti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQShning markaziy va shimoliy viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQShda asosiy adabiy meʼyor hisoblanadi. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada namoyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining mavjud Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tili yozuvi lotin alifbosi asosidadir.[2] Ingliz tili alifbosi lotin yozuviga asoslangan va 26 ta harfdan iborat: A, B, C, D, E, F, G, H, I, J, K, L, M, N, O, P, Q, R, S, T, U, V, W, X, Y, Z.

Ingliz tilidan refarat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil