Kontent qismiga oʻtish

Eniva togʻi

Koordinatalari: 42°47′36″N 141°17′8″E / 42.79333°N 141.28556°E / 42.79333; 141.28556
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eniva togʻi
Turi Stratovulqon
Joylashuvi Hokkaydo, Yaponiya
42°47′36″N 141°17′8″E / 42.79333°N 141.28556°E / 42.79333; 141.28556

Eniva tog'i (yaponcha: 恵庭岳 Eniva-dake?) [1] Yaponiyaning Hokkaido sharidagi Shikotsu-Toya milliy bogʻida joylashgan faol vulqonlardan biri. U Tarumae tog'i va Fuppush togʻining qarshisida Shikotsu ko'li sohilida joylashgan. Eniwa togʻi mazkur hududdagi eng baland uchta vulqon-togʻining biri hisoblanadi.

Oxirgi otilish XVIII asrning boshlarida (taxminan 1700 ±30 yil) sodir boʻlgan. Bu haqda tarixiy maʼlumotlar mavjud emas, ammo tefroxronologiya 3-kraterdan sel oqimlari bilan freatik portlashlarni boʻlganligi aniqlangan. Ushbu otilishdan ikki asr oldin (taxminan 1550 ± 75 yil) radiokarbonli aniqlash asosida 2-kraterdan xuddi shunday otilish amalga oshirilganligini taxmin qilinadi. Taxminan bir vaqtning oʻzida (taxminan 1500 ± 150 yil) radiokarbonli portlashni aniqlash sodir boʻlganligini, ammo ayni bir vaqtda 1-kraterda boshqa otilishni ham boʻlganligini koʻrsatadi. Ushbu portlash sel oqimlari keltiradigan zararlardan ham koʻproq ziyon keltirgan. Tarixi aniqlangan eng qadimgi otilish bu choʻqqining sharqiy tomonida sodir boʻlgan portlash boʻlib, radiokarbonlarni aniqlash boʻyicha tadqiqiotlar bu hodisani miloddan avvalgi 100 ± 100 yil atrofida sodir boʻlganligini koʻrsatadi. Bu hodisalarning barchasi vulqon portlash indeksi (VEI) 2 boʻlgan markaziy ventilyatsiyada sodir boʻlgan portlash edi[2].

Toqqa chiqish yoʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻning sharqiy tomoniga bitta soʻqmoq orqali chiqiladi. Yuqoriga koʻtarilgan sari togʻ yoʻli tikkalashib boradi. Yoʻlning boshlangʻich bir 1 kilometr (0.6 mi)) Poropinadan oʻrmonidan oʻtadi. Daraxtli yoʻl taxminan 800 metr (2,600 ft) davom etadi. U yerdan toshloq va alp togʻlari yoʻli boshlanadi. Choʻqqiga koʻtarilish 3-3,5 soat davom etadi[3][4].

1972-yil Qishki Olimpiya oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Eniva togʻida erkaklar va ayollar oʻrtasida changʻi poygalari oʻtkazildi[5]. Start choʻqqidan boshlanib, janubi-gʻarbiy yonbagʻirda tugadi[6]. Teyn shahrida gigant slalom va slalom boʻyicha texnik tadbirlar boʻlib oʻtdi.

  1. Paul Hunt, Hiking in Japan: An Adventurer’s Guide to the Mountain Trails, pg. 179
  2. „Shikotsu: Eruptive History“. Global Volcanism Program. Smithsonian Institution. Retrieved 2008-04-24.
  3. Paul Hunt, Hiking in Japan: An Adventurer’s Guide to the Mountain Trails, pg. 181
  4. Robert Storey, North-East Asia on a Shoestring, pg. 327
  5. „SHIKOTSU-KO“. World Lakes Database. International Lake Environment Committee. 2009-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-dekabr.
  6. 1972 Winter Olympics official report. (Wayback Machine saytida 2008-02-26 sanasida arxivlangan) pp. 281-4.

Andoza:1972 Winter Olympic venuesAndoza:Olympic venues alpine skiing