Kontent qismiga oʻtish

Eotsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eotsen (yun. — erta tong va — yangi) — paleogen sistemasi (davri)ning oʻrta boʻlimi. 1833-yilda ingliz geologi Ch. Layel tomonidan nomlangan. Eotsendan yuqori boʻlim 1855-yil oligotsen boʻlimi (epoxa) deb ajratilgan, quyi boʻlim esa 1874-yil paleotsen boʻlimini hosil qilgan. Eotsen quyi, oʻrta va yuqori — 3 ta kichik boʻlimga boʻlinadi. Eotsen davridagi tropik dengizlarda kichik boʻlim va zonalarni ajratishda foydalaniladigan nummulitidlar — yirik foraminiferalar rivojlangan. Eotsen hayvonot dunyosining yangi shakli — sut emizuvchilarning koʻplab vujudga kelishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda, chunonchi Fargʻona vodiysida soʻzoq (quyi Eotsen), olay, turkiston (oʻrta Eotsen), rishton, isfara, xonobod (yuqori Eotsen) qatlari ajratiladi. Eotsenning yaruslarga boʻlinishi mahalliy xarakterga ega. Bu boʻlim yotqiziqlari bilan neft, qoʻngʻir koʻmir, fosforit, diatomit, temir rudalari va boshqalar konlar bogʻliq.