Epigenez (geologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Epigenez (geologiyada) — choʻkindi togʻ jinslarining hosil boʻlgandan keyingi turli oʻzgarishlarga va minerallarning yangidan hosil boʻlishiga olib keluvchi ikkilamchi jarayon. "E." termini 1901—06 yillarda nemis geologlari R.Bek va B. Shteltsner tomonidan kiritilgan. Unga qayta kristallanish, konkretsiyalarning oʻsishi, degidratsiya, gidratatsiya, sementlanish va boshqalar kiradi. E. radioaktivli, rangli va kamyob metallar uchun xarakterli boʻlgan epigenetik konlarning muhim guruhini shakllanishiga olib keladi.