Kontent qismiga oʻtish

Epsomit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Epsomit (ilk bor Epsom shahridagi mineral suvlardan ajratib olingan, nomi shundan) — achchiq tuz, sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Myo[§04]7N20. Romb singoniyada kristallanadi. Kristallari prizmatik va ignasimon, rangi oq va rangsiz, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 1,7 g/sm3. Moʻrt, suvda eriydi, taʼmi achchiqshoʻr. Tarkibidagi magniy yuqori darajada boʻlgan sulfatli shoʻr qoʻllardagi namakob (rapa)larning qurib kamayishi natijasida hosil boʻladi. E. galit, karnallit, kizerit, poligalit, angidrit bilan assotsiatsiyada uchraydi. E. sunʼiy yoʻl bilan oson tayyorlanadi, undan tibbiyotda, toʻqimachilik, qogʻoz va kimyo sanoatida foydalaniladi. E. Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Germaniya va AQSH dagi tuz konlarida mavjud. Oʻzbekistonning Samarqand viloyati va jan. viloyatlarida uchratish mumkin.