Kontent qismiga oʻtish

Erfurt

Vikipediya, erkin ensiklopediya
nothumb Erfurt nothumb
Tashkil topgan sanasi
742-yil
Maydoni
269,17 km²
Aholisi
203 830 kishi
Burgomistr Andreas Bausewein
Pochta indeksi
99001-99198
Telefon kodi
+49 361
Vebsayt www.erfurt.de/ef/en

Erfurt — Germaniyadagi shahar, Gera daryosi boʻyida. Tyuringiya Respublikasining maʼmuriy markazi. Aholisi 202,1 ming kishi (1999). Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: temirchilikpresslash uskunalari, radioelektronika jihozlari, elektron hisoblash texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Kimyo, mebel, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tibbiyot akademiyasi, universitet bor. E.ga 741 yilda asos solingan. 8-asrda yirik savdo shahri boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12— 15-asrlarda qurilgan gotika cherkovi va sobor saqlangan. E.da gul navlarining xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

ErfurtGermaniyaning Turingiya federal yerining poytaxti.



Diqqat: "Erfurt" boshlang'ich saralash kaliti oldingi "Olmoniya shahar" boshlang'ich saralash kalitini qayta aniqlayapti.