Kontent qismiga oʻtish

Eric J. Christensen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erik J. Kristensen (1977-yilda tug'ilgan) - amerikalik astronom olim va kometalarning kashfiyotchisi. U Catalina Sky Survey kompaniyasida tatqiqotchi olim bo'lib ishlaydi va tatqiqotning Yerga yaqin obyektini o'rganish uchun mas'ul hisoblanadi[1][2].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erik J. Kristensen NASA tomonidan moliyalashtirilgan va Tuksondagi Arizona universitetining Oy va sayyoralar laboratoriyasida joylashgan Catalina Sky Survey (CSS) direktori hisoblanadi. Erik J. Kristensen Yerga yaqin obyekt (NEO) bo'yicha tadqiqotlar direktori, jumladan kuzatish, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, kadansni optimallashtirish bilan shug'ullanadi. Shuningdek, teleskop va asboblarga texnik xizmat ko'rsatish va kollimatsiya, tadqiqotni modellashtirish va optimallashtirish va loyihalarni boshqarish kabi vazifalarni bajaradi. Ushbu olim, shuningdek, meteoritlarni o'rganish bilan ham muvvafaqiyatli shug'ullangan. Erik J. Kristensen Chilidagi Gemini janubiy observatoriyasida ilmiy operatsiyalar guruhining bir qismi sifatida, jumladan, Atakama cho'lidagi meteoritlarni topish va o'rganish faoliyati bilan 5 yil shug'ullangan.

Kashfiyotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristensen o'zining ilmiy faoliyati davomida bir qancha kosmik jismlar, meteorlar hamda davriy kometalarni kashf etdi. An'anaga muvfiq ushbu kometalar Kristensen nomiga bog'liq holda atalgan.

Raqamli kometalar
  • 164P/Christensen
  • 170P/Christensen
  • 210P/Christensen
  • 266P/Christensen
  • 286P/Christensen
  • 287P/Christensen
  • 298P/Christensen
  • 316P/LONEOS-Christensen
  • [[383P/Christensen
Raqamsiz kometalar
  • C/2005 B1 (Christensen)
  • C/2005 O2 (Christensen)
  • P/2005 T2 (Christensen)
  • C/2005 W2 (Christensen)
  • C/2006 F2 (Christensen)
  • P/2006 S4 (Christensen)
  • C/2006 W3 (Christensen)
  • P/2006 WY182 (Christensen)
  • C/2006 YC (Catalina–Christensen)
  • P/2007 B1 (Christensen)
  • C/2013 K1 (Christensen)
  • C/2014 H1 (Christensen)
  • C/2014 M2 (Christensen)
  • C/2014 W7 (Christensen)
  • P/2016 A2 (Christensen)
  • P/2022 E1 (Christensen)

Ayrim kashfiyotlari haqida qisqacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 170P/Christensen - Quyosh tizimidagi davriy kometa. U 2014-yil sentabr oyida taxminan 18 magnitudada perigeliyaga keldi.
  2. 266P/Christensen - Quyosh tizimidagi davriy kometa. U keyingi perigeliyaga 2026-yil dekabrda keladi.

Mukofot va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristensen bir qancha mukofotlar sovrindori hisoblanadi.1999-yilda Catalina Sky Survey tomonidan kashf etilgan 13858 Erikchristensen asteroidi uning sharafiga nomlangan[2]. Rasmiy nomlash maqolasi Minor Planet Center 9(Kichik sayyoralar markazi) tomonidan 2013-yil 22-iyulda chop etilgan (MPC 84377)[3].

Davriy kometalar roʻyxati