Kontent qismiga oʻtish

Erik Guterez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erik Gabriel Guterez Galavis (inglizcha: Erick Gabriel Gutiérrez Galaviz) — meksikalik futbolchi, Gvadalaxara klubi va Meksika terma jamoasida yarim himoyachi sifatida toʻp suradi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2018-yilgi boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi.

Klubdagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guterez «Pachuka» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 27-oktyabrda Kruz Azulga qarshi oʻyinda u Meksika Primerasida debyut qiladi[1]. 2015-yil 8-fevralda Tolukaga qarshi oʻyinda Erik Pachuka klubi uchun birinchi golini uradi[2]. 2016-yilda u klubiga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam beradi va bir yildan soʻng KONKAKAF Chempionlar ligasida gʻolib chiqadi.

2018-yilning yozida Guterez Gollandiyaning PSV klubiga oʻtadi. Umumiy transfer summasi 8 million yevroni tashkil qiladi. 15-sentabr kuni ADO Den Xaag klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyadagi ilk debyutini oʻtkazadi[3]. Oʻsha oʻyinda Erik PSV safidagi ilk golini uradi. Uch kundan soʻng u Chempionlar ligasi doirasidagi "Barselona" ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Guterez 2020-2021-yilgi mavsumda ikki marta jarohat oldi va butun mavsumda atigi 150 daqiqa oʻynadi. Keyinchalik oʻz vazifasiga qaytgan Erik yana jamoaning asosiy oʻyinchilaridan birining oʻrnini egalladi. 2022-yilning 11-avgustida Guterez va PSV uning shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgani eʻlon qilindi.

2023-yil 2-iyulda Erik Guterez Meksikaga qaytgach, Gvadalaxara futbol klubiga kelib qoʻshiladi[4].

Xalqaro karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Erik Yamaykadagi KONKAKAF yoshlar kubogida ishtirok etish uchun Meksika yoshlar terma jamoasi roʻyxatiga kiritilgan. Turnirda u Kuba[5], Kanada[6], Salvador[7] va Panama[8] yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushadi. Musobaqa yakunida Guterez jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritadi.

Oʻsha yilning yozida Erik Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Urugvay[9], Serbiya[10] va Mali[11] qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2016-yilning yozida Guterez Meksika olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Turnirda u Germaniya[12], Fiji[13] va Janubiy Koreya[14] jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Fijiliklarga qarshi bahsda Erik toʻrtta gol urdi.

2016-yilning 12-oktabr kuni Panama terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Gutierres Meksika terma jamoasi safida debyut qildi[15].

2017-yilda Guterez KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sohibiga aylandi. Turnirda u Salvador[16], Kyurakao[17] va Yamaykaga qarshi ikki marta[18][19] maydonga tushgan.

2018-yilda Guterez Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. U turnirda zaxiradan maydonga tushadi.

  1. „Пачука VS. Курс Асуль 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 27-oktyabr). 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  2. „Пачука VS. Толука 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-fevral). 2015-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  3. „АДО Ден Хааг VS. ПСВ 0:7“ (en). soccerway.com (2018-yil 15-sentyabr). 2018-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-sentyabr.
  4. „Erick Gutiérrez es nuevo jugador de Chivas“ (es). chivasdecorazon.com.mx (2023-yil 2-iyul). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  5. „США (до 20) VS. Куба (до 20) 9:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 10-yanvar). 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  6. „Канада (до 20) VS. Мексика (до 20) 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-yanvar). 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  7. „Сальвадор (до 20) VS. Мексика (до 20) 1:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-yanvar). 2015-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  8. „Панама (до 20) VS. Мексика (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
  9. „Мексика (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 3-iyun). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  10. „Сербия (до 20) VS. Мексика (до 20) 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-iyun). 2016-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  11. „Мексика (до 20) VS. Мали (до 20) 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 31-may). 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  12. „Мексика (до 23) VS. Германия (до 23) 2:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 4-avgust). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  13. „Фиджи (до 23) VS. Мексика (до 23) 1:5“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-avgust). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  14. „Южная Корея (до 23) VS. Мексика (до 23) 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-avgust). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-avgust.
  15. „Панама VS. Мексика 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 1-oktyabr). 2017-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-may.
  16. „Мексика VS. Сальвадор 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 10-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  17. „Кюрасао VS. Мексика 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 17-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  18. „Мексика VS. Ямайка 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-iyul). 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  19. „Мексика VS. Ямайка 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-iyul). 2017-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.