Eritrin
Qiyofa
Eritrin (yunoncha: — qizil), kobalt gullari — arsenatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi So3[A804]8N20. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi pushtiqizil; tarkibidagi M§, Sa, N1 miqdori oshishi bilan rangsizlanib oq ranggacha oʻzgarib boradi. Oʻta shaffof. Qattiqligi 1,5—2,5, zichligi 3—3,1 g/sm3. Moʻrt. Eritrin— kobalt va nikelkobaltli arsenidlarning va sulfoarsenidlarning nurash mahsuli. Oksidlanish jarayonida qora rangli kobaltning gidrooksidlari (geterogenit)ga aylanadi. Eritrin kobalt rudalarining darakchisi hisobanadi. Eritrin Uzbekistonda Toshqazgan grafit konida topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |