Erkin Berdiyev
Erkin Turdaliyevich Berdiyev | |
---|---|
Tavalludi |
24-noyabr 1959-yil Piskent, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Sohasi | qishloq xoʻjaligi |
Taʼlimi | Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti |
Ilmiy darajasi | qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (DSc) |
Ilmiy unvoni | professor |
Erkin Turdaliyevich Berdiyev (1959-yil 24-noyabr, Piskent shahri, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (2018), professor (2019).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Berdiyev 1959-yil 24-noyabr Toshkent viloyatining Piskent shahrida tug‘ilgan[1]. 1982-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining (hozirgi Toshkent agrar universiteti) o‘rmon xo‘jaligi fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini „Uzgiprozem“ yer tuzish loyiha institutida muhandis-agro-o‘rmon meliorator vazifasidan boshlagan. 1992—1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida qishloq xo‘jaligi va veterinariya fanlari bo‘yicha bosh mutaxassis, 2006—2015-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti „O‘rmonchilik va ekologiya“ kafedrasi dotsenti, 2015—2020-yillarda universitetning „Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2020-yildan Toshkent davlat agrar universitetining „O‘rmonchilik va landshaft dizayni“ kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Berdiyev 1983—1986-yillarda O‘rta Osiyo o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutining aspiranturasida o‘qigan. 1993-yilda ruscha: „Агротехника выращивания посадочного материала шиповника Федченко и барбариса продолговатого в лесных питомниках“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2018-yilda „Na’matak (Rosa) va chakandani (Hippophae) ko‘paytirish texnologiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2016). 2019-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 250 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, 7 ta darslik, 20 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya, 15 ta uslubiy qo‘llanma, 180 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi“ ko‘krak nishoni (2021)[1].