Erkin Imamov
Erkin Imamov | |
---|---|
Tavalludi |
15-noyabr 1946-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Erkin Zunnunovich Imamov (1946-yil 15-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Imamov 1946-yil 15-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1965—1970-yillarda Toshkent davlat universitetining fizika fakultetida oʻqigan. 1969-yilda SSSR Fanlar akademiyasining A. F. Ioffe nomidagi Leningrad Fizika texnika institutiga yuboriladi. Institutning „Yarimoʻtkazgichlarda nomuvazanat jarayyonlar“ laboratoriyasining katta ilmiy hodimi, fizika-matematika fanlari doktori Anatoliy Aleksandrovich Grinberg ilmiy rahbarligida „Fotonlar bilan zavqlantirilgan tok anizatropiyasining nazariyasi“ mavzusi 1970-yilda diplom ishini himoya qiladi. 1972—1979-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetining yarimoʻtkazgich va dielektriklar fizikasi kafedrasida muhandis, assistent, katta oʻqituvchi va dotsent, 1979—1993-yillarda duniversitetning umumiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri[1], 1993—2005-yillarda nazariy fizika kafedrasining professori boʻlib ishlaydi. Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, ikki nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]250 dan ortiq ilmiy materiallar, jumladan, monografiyalar, maqolalar, metodik qoʻlyozmalar, darslik, ilmiy toʻplamlar va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. 1972-yil 6-dekabrda „Teoriya toka uvlecheniya fotonami v klassicheskoy i kvantovoy oblastyax chastot — Klassik va kvant chastotalarda fotonlar bilan zavqlantirilgan tok nazariyasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1990-yil 20-sentyabrda Leningrad Fizika texnika institutida „Teoriya opticheskix i fotoelektricheskix yavleniy s uchastiyem primesnyx tsentrov v poluprovodnikax — Yarimoʻtkazgichlarda kirishmalar qatnashishi bilan vujudga kelgan optik va fotoelektrik hodisalar nazariyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2015-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1]. 2001-yil 27-iyundan „Yevropa va Markaziy Osiyo virtual universiteti“ assotsiatsiyasi prezidiumi aʼzosi[2].