Erkin Shagayev
Qiyofa
Erkin Maqsudovich Shagayev (1959. 12.2, Toshkent) — suv polosi boʻyicha olimpiada oʻyinlari chempioni (1980, Moskva), xizmat koʻrsatgan sportchi (1980). Shagayev ikki karra jahon kubogi gʻolibi (1981, Sakramento; 1983, LosAnjeles), jahon chempioni (1982, Kito). Shagayev Oʻzbekiston jismoniy tarbiya insitutini tugatgan (1981), "Mehnat" sport jamiyatida yoʻriqchi (1977— 1984), suv polosi boʻyicha respublika yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy (1984—1989), jamoat va davlat tashkilotlarida ishlagan (1984—1991). Pedagogika fanlari nomzodi (1990). Shagayev 1991-yildan Avstraliya terma jamoasida murabbiy.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |