Kontent qismiga oʻtish

Erkin Vohidov uy-muzeyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Fargʻona viloyati hokimining 2016-yil qaroriga asosan Erkin Vohidov uy-muzeyi tashkil etilgan. Ushbu muzey binosi 1996-yilda maxsus qurilgan.  

Bu muzeyda Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan. Mazkur ekspozitsiyasi Erkin Voxodovning tugʻilgan joyi, bolaligi, oʻsmirlik davri, ilk asari, shoirning faoliyati, yozuvchilik, dramaturg sifatida, hajviy asarlar va tarjimonlik ishlarini aks etirilishi xronologik tartibda ko’rsatilgan.

Muzeyda 500 tadan ziyod eksponatlar mavjud. Erkin Vohidovning hayoti davomida oʻzi qo’llagan shaxsiy nodir buyumlar bilan ekspozitsiya boyitilgan. Muzeydagi eksponatlar Erkin Vohidov muxlislari tomonidan taqdim etilgan kitoblar, buyumlar, oilaviy fotosuratlar, kiyim-kechaklar va suvinirlar shular jumlasidandir.[1]

  1. Erkin Vohidov uy muzeyi (Wayback Machine saytida 2021-06-12 sanasida arxivlangan) museumfergana.uz