Kontent qismiga oʻtish

Eron yadroviy tadqiqot markazlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eron yadro dasturi qator yadroviy inshootlar jumladan,yadro reaktorlar va turli yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi katta salohiyatga ega yadro markazlarni barpo etishni maqsad qilgan loyihadir.

Yazd yaqinida insho qilingan Anarak yadroviy chiqindilarni saqlash uchun mo'ljallangan muhim ombor hisoblanadi[1].

Arak hududida bir nechta sanoat majmualari joylashgan bo'lib,ayrimlari yadroviy dastur bilan chambarchas bog'liq,xususan,yaratilishi mukammalashtirilayotgan IR-40 reaktori va Arak yaqinidagi og'ir suv ishlab chiqarish zavodi hozirgi kundagi dasturning eng e'tiborli qismi bo'lmoqda[2]. 1990-yillarning oxiriga kelib,yuqori portlovchi xususiyatga ega yadroviy sinov kamerasini ishlab chiqargan ushbu komplekslardan biri Parchinga ko'chirilgan.IAEA unga tashrif buyurishni so'raganda,markaz buni rad etgan.Arak hududida shuningdek,IR-1 rotorlari uchun yuqori quvvatli alyuminiy ishlab chiqarishga qodir zavodlar mavjud deb taxmin qilinadi.

Markaz 2002-yilda Eron xalq mujohidlari vakili tomonidan fosh qilingan ikkita qimmatli joylardan biri edi[3][4]. 2006-yilning avgust oyiga kelib,Eron og'ir suv ishlab chiqaradigan Arak zavodining rasmiy ochilishini e'lon qiladi.Ammo,davlatning "Kafolatlar to'g'risidagi kelishuv"shartlariga ko'ra,qurilish ishlari davom etayotgan vaqtda respublika obyekt mavjudligi haqida xabar berishga majbur emas edi.Chunki,kelishuv nizomiga binoan,180 kun har qanday obyektning sir saqlanishi uchun so'nggi muddat hisoblanardi.Ushbu reaktor 1967-yilda Tehron yadroviy tadqiqot markazining ishlash muddati tugagan tadqiqot reaktorini almashtirish uchun mo'ljallangan bo'lib,asosan tibbiy va qishloq xo'jaligi maqsadlarida radioizotoplarning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. [5].

Ardakan (shuningdek,Ardekan yoki Erdekan deb ham nomlanadi) yaqinida yadroviy obyekt mavjudligi ehtimoli haqidagi ilk ma'lumot 2003-yil 8-iyul kuni Eron Milliy Oppozitsiya Kengashi tomonidan beriladi.Eron Atom energiyasi tashkiloti (AEOI) yadro yoqilg'isini ishlab chiqarish bo'yicha vitse-prezidenti Muhammad Gannadi Marageh 2003-yil sentabr oyida bu obyekt yillik quvvati 120 000 metr tonna ruda va 50 metr tonna uran ishlab chiqarish manbaiga ega ulkan tegirmon ekanligini ta'kidlaydi.Eron Islom Respublikasi Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi(IAEA)ga bergan hisobotiga ko'ra,2004-yilning iyul oyida markaz "issiqlik sinovi"dan o'tkazilgani va 40 dan 50 kg gacha sariq tort ishlab chiqarishga qodirligi keltiriladi,lekin,2008-yilning so'nggi holatiga binoan,Eron IAEA ga o'z yadro faoliyati haqida boshqa ma'lumot bermagan va bermayapti[6].

Arak.IR-40 og'ir suv reaktori

Bonabda joylashgan Atom energiyasi tadqiqot markazi yadro texnologiyasining qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi ustida tadqiqot ishlari olib bormoqda.Markaz AEOI tomonidan boshqariladi.

Busher atom elektr stansiyasi 17 kilometr uzoqlikda Busher shahrining janubi-sharqida,Fors ko'rfazida joylashgan.Qurilish 1975-yilda boshlangan,ammo 1979-yilning iyul oyida Eron inqilobidan keyin to'xtatilgan[7]. Stansiya 1980-yil oʻrtalarida Eron-Iroq urushi paytida Iroq havo hujumlari natijasida shikastlangan.1995-yilda Eron Rossiyaning Atomstroyeksport kompaniyasi bilan mavjud Busher I binosiga 915 rusumli MWe VVER -1000 kVt bosimga ega suv reaktorini o'rnatish bo'yicha shartnoma imzolaganda markaz qayta tiklanadi.2007-yilning dekabr oyidan Rossiya Busher atom elektr stansiyasiga yadro yoqilg'isi yetkazib berishni boshladi[8]. Qurilish 2009-yilning mart oyida o'z nihoyasiga yetdi[9].

2010-yil 13-avgustda Rossiya 21-avgustdan boshlab zavodga uzluksiz yoqilg'i yetkazib berilishini e'lon qildi,bu esa uning yadroviy inshoot sifatida tan olinib,o'z mavqeiga ega chiqganligini anglatar edi.Yoqilg'i yuklanganidan keyin 6 oy ichida zavodni to'liq ishga tushirish maqsadi oldinga qo'yildi[10]. Tehron va Moskva Busherni boshqarish uchun qoʻshma korxona tashkil etishdi,chunki Eron bunday qurilmalarni saqlash boʻyicha hali yetarlicha tajribaga ega emas edi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Eron 2 yoki 3 yil ichida reaktorni deyarli barcha operatsion boshqaruvini o'z nazoratiga oldi[11].

2013-yil 23-sentabrda Busherni operativ nazorat qilish Eronga o‘tkazildi[12][13][14] va 2014-yilning noyabr oyida Eron va Rossiya Busher maydonchasida ikkita yangi yadro reaktorini qurish bo'yicha bitim imzolab,keyinroq boshqa obyektlarda yana 6ta reaktor qurish imkoniyati mavjudligi haqida kelishib olishdi[15]. Qurilish rasman 2017-yil 14-martda boshlangan[16].

1995-yilda Yevropada yashovchi eronlik muhojirlar Eron Chalus shahridan 20 kilometr uzoqlikdagi tog'da yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun maxfiy inshoot qurayotganini da'vo qilishadi[17]. 2003-yilning oktyabr oyida Muhammad al-Baradei " Tekshiruvlar nuqtai nazaridan, hozirgacha faqatgina biz ruxsat bergan saytlarga tashrif buyurilishi mumkin " deb e'lon qilishi va Chalus yadro markazi haqida hech bir saytda ma'lumot topilmagani yuqoridagi da'volarni isbotlagandek tuyuladi[18].

Islom Respublikasi 2007-yilning 6-mart sanasida mamlakat janubi-g'arbidagi Darkovin shahrida 360 kVt quvvatga ega mahalliy barpo qilingan atom elektr markazini qayta qurishni boshlaganini e'lon qildi[19].

Qum shahri yaqinidagi Fordo sobiq Islom inqilobi qo'riqchilari bazasida uranni boyitish bo'yicha yer osti inshooti joylashgan[20][21]. O'sha paytda qurilishi tugallanmagan Fordo yoqilg'i boyitish markazining (FFEP) mavjudligi G'arb razvedkasiga oshkor bo'lgandan keyingina 2009-yil 21-sentabrda Eron tomonidan IAEA ga ma'lum qilindi[22]. G'arb rasmiylari Eronni stansiyani ilgari oshkor qilmagani uchun qattiq qoraladi.Xususan,AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Fordo AQSh kuzatuvi ostida bo'lgan[23]. Eron o'zining dastlabki deklaratsiyasida zavodning maqsadi 16 kaskad va jami 3000 ta sentrifugani o'z ichiga olgan, 5% U-235 bilan boyitilgan UF6 ishlab chiqarish uchun mo'ljallanganini ta'kidladi.Eronning ta'kidlashicha,obyekt haqida ma'lumot berilmaganligi uning IAEA bilan kafolatlar bo'yicha kelishuv doirasining qonuniy majburiyatlariga mos keladi[24]. Biroq, IAEA Eron 2003-yildagi kelishuvga binoan, yadroviy markazlarni qurishga qaror qilgan zahoti ularni oshkor qilishga majbur ekanligini ta'kidladi[25]. Keyinchalik,2011-yilning sentabr oyida Eron 20% kam boyitilgan uran ishlab chiqarishni Natanzdan Fordoga ko'chirilganini aytdi [26] va kam foizdagi uran miqdorini boyitish 2011-yilning dekabrida boshlandi[27]. Fordo zavodi yer ostida 80-90 metr chuqurlikda qurilgan[28]. Ilm-fan va xalqaro xavfsizlik instituti ma'lumotlariga ko'ra, obyektning mumkin bo'lgan koordinatalari:34°53′05″N 50°59′45″E / 34.88459°N 50.99596°E / 34.88459; 50.99596[29].

Isfahon yadro texnologiyalari markazining yadroviy tadqiqot obyektida bugungi kunda Xitoy tomonidan ta'minlangan 4 kichik yadroviy tadqiqot reaktorlari ishlaydi.Markaz AEOI tomonidan boshqariladi[30].

Isfahondagi uran konvertatsiya qilish zavodi yuqoridagi sariq tortlarni uran geksafloridiga aylantiradi.2004-yil oktabr oyining oxiriga kelib,markaz 70% ishlaydigan 24ta qo'shimcha ustaxona bilan to'ldirilgan.Shuningdek,yaqin atrofda yadroviy reaktorlar uchun zarur ingredientlar va qotishmalar ishlab chiqaradigan zirkoniy ishlab chiqarish zavodi (ZPP) ham joylashtirilgan.

2022-yilga kelib,Isfahonga yaqin urbanizatsiyalashmagan hududda yana bir yangi yadroviy markaz qad ko'tardi[31][32][33][34].

Hashtgerddagi Qishloq xo'jaligi tadqiqotlari va yadroviy tibbiyot markazi hisoblanadigan Karaj 1991-yilda tashkil etilgan va AEOI tomonidan boshqariladi[35].

Lashkarobod izotoplarni ajratish bo‘yicha tajriba zavodi hisoblanadi.2002-yilda tashkil etilgan ushbu obyekt birinchi marta 2003-yilning may oyida Alirizo Jafarzoda tomonidan fosh qilinib,IAEA tomonidan tekshirilishgacha olib kelingan.Eron uranni lazer izotop ajratma texnikasi yordamida boyitish niyati yo‘qligini va zavod yopilganligini e’lon qilishiga qaramasdan,hudud doimo ish faoliyatida bo'lgan.2006-yil sentabr oyida Alirizo Jafarzoda yadro markazi Eron tomonidan qayta tiklangani va bu yerda lazer bilan boyitish ishlari olib borilayotganini da’vo qiladi[36].

(35°46′23″N 51°29′52″E / 35.77306°N 51.49778°E / 35.77306; 51.49778 ) Sobiq Lavizan-Shian Texnik tadqiqot markazidagi barcha binolar 2003-yil avgustidan 2004-yilning martigacha buzib tashlangan.IAEA inspektorlari tomonidan olingan atrof-muhit namunalarida radiatsiya izlari topilmadi.Markaz Tehron shahriga qaytarilish arafasida turibdi [37].

Reuters ma'lumotlariga ko'ra, AQShning tuproq yuqori qatlami olib tashlanganligi va stansiya sanitarizatsiya qilingani haqidagi da'volarini Lavizanga tashrif buyurgan IAEA tergovchilari tasdiqlay olmadi :

Vashington Eronni maydondan katta miqdordagi tuproq qatlami va vayronalarni olib tashlashda va uning o'rniga yangi tuproq qatlamini qo'yishda aybladi,bunda AQSh rasmiylari Lavizandagi yashirin yadroviy faoliyatni yashirishga urinish bo'lishi mumkin deb iddao qilishdi.

AQShning IAEA dagi sobiq vakili Kennet Brill iyun oyida Eronni BMT inspektorlari kelishidan oldin Lavizanni sanitarizatsiya qilish uchun “buzuvchi to‘p va buldozer”dan foydalanganlikda aybladi.

Ammo IAEA ga yaqin boshqa bir diplomatning Reuters agentligiga xabar berishicha, Lavizan hududida tuproq olib tashlanganiga hech bir tekshiruv natijalari dalil keltira olmaganligini ta'likdlaydi.

2015-yil 24-yanvar kuni Eron Milliy Oppozitsiya Kengashining eronlik dissidentlari Tehron yaqinida Lavizan-3 deb nomlangan yashirin uran boyitish inshooti mavjudligini daʼvo qilishdi[38][39]. NCRIning da'volari keyinchalik sun'iy yo'ldosh tasvirlarining tahlili va NCRI tijorat kompaniyasining mustahkam eshik reklamasini da'vo qilgan yadroviy inshootning bir qismi sifatida tasvirlangan nazariya asosida Jefrri Lyus kabi yadroviy qurollar tarqalishi bo'yicha tadqiqotchilar tomonidan rad etildi[40][41]. Amerika olimlari uyushmasi hisobotida bu da'volar 2017-yilda “o‘chirilgan” deb ko‘rsatilgan[42]. NCRIning guruh tomonidan qarshi chiqilgan ayblovlari Eron va AQSh o'rtasida JCPOA bo'yicha yakuniy kelishuvlarga erishilishidan bir necha hafta oldin qilingan[42].

Natanz yadroviy inshooti

Natanz 8 metr yer ostida qurilgan va 2,5 metr qalinlikdagi beton devor bilan himoyalangan,asosi esa boshqa beton devor bilan himoyalangan 100 000 kvadrat metr maydonga ega qotirilgan yoqilg'i boyitish zavodidir.Eronning Isfahon viloyati Natanz okrugining poytaxti Natanz shahri yaqinida joylashgan.2004-yilda majmua tomi temir beton bilan qotirilb,22 metr tuproq bilan qoplanadi. Majmua 25 000 kvadrat metrlik 2 zal va bir qancha maʼmuriy binolardan iborat.Bu bir vaqtlar 2002-yil avgust oyida Alirizo Jafarzoda tomonidan fosh qilingan 2 maxfiy yadro markazlaridan biri edi. 2003-yil 21-fevralda IAEA bosh direktori Muhammad al-Barodi maydonga tashrif buyurib,160 ta sentrifuga toʻliq va ishga tayyor,yana 1000 tasi stansiya ustaxonalarida qurilayotganini maʼlum qildi[43]. O'sha vaqtga qadar amalda bo'lgan Eronning himoya choralari bo'yicha qo'shimcha kelishuvlar kodeksining 3.1-moddasiga muvofiq,Eron Natanz boyitish inshootini yadroviy material kiritilgunga qadar 6 oy oldin e'lon qilishga majbur emas edi[44]. IAEA ma'lumotlariga ko'ra,2009-yilda Natanzda 7000 ga yaqin sentrifuga o'rnatilgan bo'lib,ulardan 5000 tasi kam foizda boyitilgan uran ishlab chiqargan[45].

2020-yilning iyul oyida Eron Atom Energiyasi Tashkiloti yaqinda ro‘y bergan portlashdan so‘ng sentrifuga yig‘ish inshooti deb taxmin qilingan binoning suratlarini e’lon qildi.Keyinroq Yaqin Sharq razvedkasining nomi oshkor etilmagan xodimi obyektga portlovchi moslama bilan zarar yetkazilganligi haqida xabar beradi[46].

2020-yil 28-oktabrda Yadro qurollarini tarqatmaslik markazi sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini ko'rsatib, Eron oʻzining Natanzdagi yadroviy inshooti yaqinida yer osti yadro markazi qurishni boshlaganini tan olganligini ommaga e'lon qiladi[47]. 2021-yilning mart oyida Eron 2015-yilgi yadroviy kelishuvni buzgan holda Natanz zavodida uchinchi ilg‘or yadro sentrifugalari bilan uranni boyitish rejasini qayta boshladi[48]. 10-aprelda Eron Natanzdagi ilg'or IR-6 va IR-5 sentrifugalariga uran geksaflorid gazini quyishni boshlagan kunning ertasi elektr taqsimlash tarmog'ida katta avariya yuz berdi[49]. 11-aprel kuni IRNA xabariga ko‘ra,hodisa elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli jarohatlanganlar va radioaktiv moddalar ta'siri bo'lmagan[50]. Oxir-oqibat qo'shimcha tafsilotlar ma'lum bo'ldiki,hujumni aslida Isroil uyushtirgan[51]. 17-aprel kuni Eron davlat televideniyesi koshonlik 43 yoshli Rizo Karimiyni qo'poruvchilik sodir bo'lishidan oldin mamlakatdan qochib ketganini ta'kidlab,elektrni o'chirishda gumonlanuvchi sifatida ko'rsatdi[52][53]. 2021-yilning iyul oyida Eron nazoratchilarni zavodga kirishini chekladi[54].

Parchin harbiy majmuasi (35°31′N 51°46′E / 35.52°N 51.77°E / 35.52; 51.77 )Tehron shahri markazidan taxminan 20 kilometr janubi-sharqda joylashgan.2005-yil 1-noyabrda IAEA ga Parchin shahriga kirish huquqi berildi va atrof-muhitdan namunalar olindi.Tadqiqotchilar tashrif buyurgan binolarda hech qanday noodatiy natijalarni kuzatmadilar va atrof-muhit namunalari yadroviy material mavjudligini ko'rsatmadi[55]. Parchin - an'anaviy portlovchi moddalarni sinovdan o'tkazish va ishlab chiqarish uchun obyekt. IAEA xavfsizlik choralari bo'yicha ma'sullar yadroviy materialning dalillarini emas,balki yadroviy qurolni tadqiq qilish va ishlab chiqishga mos keladigan portlovchi moddalarni sinovdan o'tkazishni rejalashtirganlar[56]. 2011-yilning noyabr oyida IAEA Parchin portlash moddalari uchun ishlatilgani haqida "ishonchli" ma'lumotlarga ega ekanligini ma'lum qildi[57]. IAEA Parchinga kirish uchun qo'shimcha ruxsat so‘ragan payt Eron bunga ruxsat bermagan[58].

Sag'and Eronning birinchi uran rudasi koni boʻlib,u 2005-yil mart oyida ishga tushirilgan.Konda 100 dan 150 kvadrat kilometrgacha bo‘lgan maydonda taxminan 500 ppm zichlikdagi 3000 dan 5000 tonnagacha uran oksidi borligi taxmin qilinmoqda[59].

Tehron tadqiqot reaktori (TRR) Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan "Tinchlik uchun atomlar" dasturi asosida to'ldirilgan.5 megavatt quvvatga ega hovuz tipidagi yadroviy tadqiqot reaktori 1967-yilda ishga tushdi va dastlab yuqori darajada boyitilgan uran yoqilg'isidan foydalangan[60][61]. Yengil suv moderator va sovutuvchi sifatida ishlatiladi.TRR yadro panjarasi standart yonilg'i elementlari (SFE),nazorat yonilg'i elementlari (CFEs),nurlanish qutilari (namunalar va radioizotop ishlab chiqarish uchun uzoq muddatli nurlanish uchun yadro panjara konfiguratsiyasida taqdim etilgan vertikal quvurlar sifatida) va grafit qutilarini o'z ichiga olgan 9×6 hajmli massivdir.

Eron inqilobidan keyin Qo'shma Shtatlar TRR uchun yuqori boyitilgan uran (HEU) yoqilg'isini yetkazib berishni to'xtatdi,bu esa bir necha yillar davomida reakor faoliyatini to'xtatdi[62]. HEUlardan foydalanish,qisqartirilgan boyitish tadqiqoti va sinov reaktori (RERTR) dasturlari ortidan kelib chiqqan yadroviy qurollarning tarqalishi bilan bog'liq xavotirlar tufayli Eron Argentinaning Atom energiyasi bo'yicha Milliy komissiyasi bilan TRRni yuqori boyitilgan uran yoqilg'isidan past boyitilgan uranga aylantirish va 1987-88 yillarda Eronga kam boyitilgan uran yetkazib berish bo'yicha shartnomalar imzoladi.TRR yadrosi 1993-yilda past boyitilgan uran (LEU) yoqilg'ilaridan foydalanish markaziga aylantirildi[63]. TRR ning yonilg'i elementlari taxminan 20% boyitilgan U 3 O 8 -Al plastinka tipiga ega bo'ldi[64]. 2012-yil fevral oyida Eron Tehron tadqiqot reaktoriga mahalliy ishlab chiqarilgan dastlabki yoqilg'i elementini topshirdi[65].

TRR ning standart yonilg'i elementlarida 19 ta yonilg'i plitalari mavjud bo'lib,CFElarda esa vilkalar tipidagi boshqaruv rodlarini joylashtirish uchun 14 ta yonilg'i plitalari mavjud.Reaktorni boshqarish mos ravishda Ag-In-Cd qotishmasi va zanglamaydigan po'latdan iborat bo'lgan xavfsizlik va tartibga soluvchi absorber plitalarini kiritish yoki olib tashlash orqali amalga oshiriladi[66]. Qo'shimcha nazorat esa tizim reaktivligining o'ziga xos harorat koeffitsientini bir maromda ushlab turadi.

Reaktorning yadro qismi suv bilan to'ldirilgan ikki qismli beton hovuzga botiriladi.Hovuzning bo'limlaridan birida elektr quvurlar va boshqa eksperimental qurilmalar birlashadigan tajriba stendi mavjud.Boshqa bo'lim - ommaviy nurlanish tadqiqotlari uchun ochiq maydon hisoblanadi.Reaktor har ikkala qismda ham ishlay oladi[67].

TRR yadrosini sovutish hovuz suvining 500 m 3 / soat nominal tezlikda reaktor yadrosi,panjara plitasi,plenum va issiqlik almashtirgich qobig'i orqali pompalanadigan joydan ushlab turuvchi idishga gravitatsiyaviy oqim bilan amalga oshiriladi,so'ngra hovuzga qaytariladi[68].

TRR tibbiy,ilmiy va sanoat markazlari uchun turli xil radioizotoplarni ishlab chiqarishni taklif qiluvchi markazdir.Muassasaning asosiy vazifalaridan biri olimlar,muhandislar va magistrantlarga yadro texnikasi bo'yicha xizmat ko'rsatishdan iborat.Tehron tadqiqot reaktoridan reaktor yadrosini o'rganish va neytron tarqalishi,neytron diffraktsiyasi,ekranlash,gamma-spektroskopiya,bor neytronlarini tutib olish terapiyasi,neytron rentgenografiyasi va neytron faollashuvi tahlili bo'yicha tajribalarni o'z ichiga olgan laboratoriya ishlarida foydalanish mumkin.

1998-yilda AEOI tomonidan tashkil etilgan Yazd Radiatsiyani qayta ishlash markazi [69] IBA, Belgiya tomonidan ishlab chiqarilgan Rodotron TT200 tezlatgichi bilan jihozlangan,5 va 10MeV nurli liniyalarga ega va maksimal quvvati 100kVt bo'lgan ahamiyatli stansiyadir.Markaz shahar atrofidagi foydali qazilma konlarini tahlil qilish uchun geofizik tadqiqotlar bilan shug'ullanadi hamda tibbiyot va polimer sanoatini qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi[70].

2016-yilda AEOI vakili AEOI bir martalik tibbiy mahsulotlarni radiatsiyaviy sterilizatsiya qilish uchun kamida 10 ta ko'p maqsadli gamma nurlanish zavodlarini qurishni rejalashtirayotganini va Eronga oqova suvlarni tozalash uchun 5 ta elektron nur tezlatgich,materiallarni o'zgartirish uchun esa 10 ta elektron nurlantiruvchi kerakligi haqida xabar berdi[71].

  1. „Anarak nuclear waste disposal“. Institute for Science and International Security. Qaraldi: 2012-yil 29-fevral.
  2. „Arak Complex“. Institute for Science and International Security. Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.
  3. Arak, GlobalSecurity.org
  4. Kim Howells (16 Jan 2006). Written Answers to Questions - Iran. Hansard. Column 977W. https://publications.parliament.uk/pa/cm200506/cmhansrd/vo060116/text/60116w26.htm#60116w26.html_wqn7. Qaraldi: 2007-11-05. Eron yadroviy tadqiqot markazlari]]
  5. „INFCIRC/696“. IAEA (2007-yil 6-mart). 2007-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
  6. „Ardekan (Ardakan) Nuclear Fuel Site“. GlobalSecurity.org. Qaraldi: 2012-yil 29-fevral.
  7. Bushehr: Fertigstellung des iranischen Kernkraftwerkes ist für Russland Ehrensache (German)
  8. Russia delivers nuclear fuel to Iran. CNN. 17 December 2007
  9. Iran's Bushehr NPP no threat to its neighbors - experts RIA Novosti 2009-05-13
  10. „Iran nuclear plant start date set“. BBC News Online (2010-yil 13-avgust). Qaraldi: 2010-yil 14-avgust.
  11. "Russia, Iran set up joint venture to operate Bushehr power station", RIA Novostni (August 21 2010)
  12. „Russia to give Iran control of Bushehr plant - Tehran Times“. 2013-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-avgust.
  13. „Россия передала в эксплуатацию Ирану АЭС 'Бушер'“. Сделано у нас.
  14. „Iran takes over control of Bushehr nuclear power plant CCTV News - CNTV English“. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-sentyabr.
  15. Andrew E. Kramer. „Russia Reaches Deal With Iran to Construct Nuclear Plants“. New York Times (2014-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
  16. „Iran starts building unit 2 of Bushehr plant“. World Nuclear News (2017-yil 15-mart). 2017-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  17. „Tehran's Magic Mountain“. US and World News Report (1995). 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-may.
  18. „IRAN TO ACCEPT INTERNATIONAL INSPECTIONS EVEN ON MILITARY SITES“. Iran Press Service. 2006-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 26-avgust.
  19. Iran starts second atomic power plant: report, Reuters, Feb 8, 2008.
  20. Weisman, Jonathan. „Iran Denounced Over Secret Nuclear Plant“. The Wall Street Journal (2009-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.
  21. „Underground Facilities: Intelligence and Targeting Issues“. National Security Archive (2012-yil 23-mart). Qaraldi: 2012-yil 27-mart.
  22. GOV/2009/74 Implementation of the NPT Safeguards Agreement and relevant provisions of Security Council resolutions 1737 (2006), 1747 (2007), 1803 (2008) and 1835 (2008) in the Islamic Republic of Iran
  23. Sanger, David E.; Cooper, Helene. „Iran Confirms Existence of Nuclear Plant“. The New York Times (2009-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.
  24. Daniel Joyner. „The Qom Enrichment Facility: Was Iran Legally Bound to Disclose?“. JURIST. University of Pittsburgh School of Law (2010-yil 5-mart). 2012-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-mart.
  25. „Implementation of the NPT Safeguards Agreement and relevant provisions of Security Council resolutions 1737 (2006), 1747 (2007), 1803 (2008) and 1835 (2008) in the Islamic Republic of Iran“. GOV/2009/74. International Atomic Energy Agency (2009-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 25-may.
  26. „| IAEA“.
  27. „Iran enriching uranium at Fordo plant near Qom“. BBC (2012-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 1-mart.
  28. Williams, Dan; Stewart, Phil; Dahl, Fredrik. „Iran nuclear sites may be beyond reach of "bunker busters"“. Reuters (2012-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.
  29. „Satellite Imagery of Qom Enrichment Facility in Iran“. Institute for Science and International Security (2009-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 26-sentyabr.
  30. Esfahan / Isfahan - Iran Special Weapons Facilities
  31. „ایران فعالیت مجتمع هسته‌ای تسای کرج را به اصفهان منتقل می‌کند“ (2022-yil 31-yanvar).
  32. „آغاز مذاکره ایران و آژانس در مورد ذرات اورانیوم در سایت‌های اعلام‌نشده | Dw | 19.04.2021“. Deutsche Welle.
  33. „مدیرکل آژانس بین‌المللی انرژی اتمی: ایران به سوالات درباره مکان‌های هسته‌ای پاسخ نداد“.
  34. „آغاز نشست فنی ایران و آژانس برای بحث درباره ذرات اورانیوم در سایت‌های اعلام نشده“.
  35. „Karaj - Iran Special Weapons Facilities“.
  36. http://www.spcwashington.com/index.php?option=com_content&task=view&id=32&Itemid=43 SPC
  37. „Iran tried to acquire nuclear equipment at suspect Lavizan site: UN agency“. Iran Focus (2004-yil 16-noyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 23-aprel.
  38. „Exile group accuses Iran of secret nuclear weapons research“. Washington Post (2015-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  39. „Iranian Resistance reveals secret nuclear site in Iran used for uranium enrichment with advanced centrifuges“. National Council of Resistance of Iran website (2015-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 25-fevral.
  40. Lewis, Jeffrey. „That Secret Iranian 'Nuclear Facility' You Just Found? Not So Much.“. Foreign Policy (2015-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  41. Zegart, Amy. „Meet the Nuclear Sleuths Shaking Up U.S. Spycraft“ (en). POLITICO (2022-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  42. 42,0 42,1 NUCLEAR MONITORING AND VERIFICATION IN THE DIGITAL AGE: SEVEN RECOMMENDATIONS FOR IMPROVING THE PROCESS (Report). Nuclear Verification Capabilities Independent Task Force of the Federation of American Scientists. September 2017. p. 6. https://uploads.fas.org/media/Nuclear-Monitoring-and-Verification-in-the-Digital-Age.pdf. Qaraldi: 19 January 2022. 
  43. Pike, John. „Natanz [Kashan“]. GlobalSecurity.org (2006). Qaraldi: 2006-yil 28-may.
  44. „Archived copy“. 2020-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  45. „Institute for Science and International Security“.
  46. Sanger, David E.; Broad, William J.; Bergman, Ronen; Fassihi, Farnaz. „Mysterious Explosion and Fire Damage Iranian Nuclear Enrichment Facility“ (en-US). The New York Times (2020-yil 2-iyul). Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.
  47. „Satellite photos show activity at Iran's Natanz nuclear facility“. The Independent (2020-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  48. Murphy. „Iran enriching with new set of advanced machines at Natanz: IAEA“. Reuters (2021-yil 8-mart). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  49. 'Accident' at Iran's Natanz nuclear facility after centrifuge activation
  50. „Electrical Problem Strikes Iran's Natanz Nuclear Facility | Voice of America - English“ (en). www.voanews.com. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  51. „Reports: Mossad Behind Iran Attack“. Hamodia. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  52. „Iran state TV identifies man it says was behind blast at Natanz nuclear site“. Reuters (2021-yil 17-aprel). Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  53. „Iran Names Suspect in Natanz Attack, Says He Fled Country“. U.S. News & World Report (2021-yil 17-aprel). Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
  54. „EXCLUSIVE Iran restricts IAEA access to main enrichment plant after attack -diplomats“. Reuters (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
  55. „Transparency Visits and Discussions“. Implementation of the NPT Safeguards Agreement in the Islamic Republic of Iran. International Atomic Energy Agency (2006). Qaraldi: 2006-yil 28-may.
  56. „Institute for Science and International Security“.
  57. „Implementation of the NPT Safeguards Agreement and relevant provisions of Security Council resolutions in the Islamic Republic of Iran“. International Atomic Energy Agency (2011-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 23-fevral.
  58. „IAEA Expert Team Returns from Iran“. Press Release 2012/05. International Atomic Energy Agency (2012-yil 22-fevral). Qaraldi: 2012-yil 23-fevral.
  59. „Saghand [Sagend] - Iran Special Weapons Facilities“.
  60. "Contract between the International Atomic Energy Agency, Iran and the United States of America for the transfer of Enriched Uranium and Plutonium for a Research Reactor in Iran". IAEA (United Nations). 7 June 1967. http://treaties.un.org/doc/Publication/UNTS/Volume%20614/volume-614-I-8866-English.pdf. Qaraldi: 2010-04-08. Eron yadroviy tadqiqot markazlari]]
  61. „Foreign Research Reactor Spent Nuclear Fuel Acceptance“. U.S. National Nuclear Security Administration. 2006-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 24-sentyabr.
  62. Iran Watch: Iran's Nuclear Program“. 2010-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-may.
  63. "Amendment to Agreement between the International Atomic Energy Agency and the Government of Iran for assistance by the Agency to Iran in establishing a Research Reactor Project". IAEA (United Nations). 9 December 1988. http://treaties.un.org/doc/Publication/UNTS/Volume%201562/volume-1562-I-8865-English.pdf. Qaraldi: 2010-04-08. Eron yadroviy tadqiqot markazlari]]
  64. Lashkari, A. (2012). "Neutronic analysis for Tehran Research Reactor mixed-core". Progress in Nuclear Energy 60: 31–37. doi:10.1016/j.pnucene.2012.04.006. 
  65. David Blair. „Iran claims significant advance in nuclear programme“. Daily Telegraph (2012-yil 15-fevral). Qaraldi: 2012-yil 15-fevral.
  66. Safaei Arshi, S. et al. (2015). "Preliminary thermal-hydraulic safety analysis of Tehran research reactor during fuel irradiation experiment". Progress in Nuclear Energy 79: 32–39. doi:10.1016/j.pnucene.2014.10.009. 
  67. Gholamzadeh, Z. (2017). "Modeling of neutron diffractometry facility of Tehran research reactor using vitess 3.3a and mcnpx codes". Nuclear Engineering and Technology. 
  68. Safaei Arshi, S. (2017). "Experimental validation of a modified RELAP5 model for transient analysis of Tehran research reactor mixed-core during fuel irradiation experiments". Progress in Nuclear Energy 100: 11–21. doi:10.1016/j.pnucene.2017.05.013. 
  69. Food Irradiation Technologies: Concepts, Applications and Outcomes, p.413.
  70. „Yazd Radiation Processing Center (YRPC)“. Nuclear Threat Initiative (2006). 2004-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 25-sentyabr.
  71. A review on the status and future trends of radiation processing in Iran