Kontent qismiga oʻtish

Eroniy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Eroniy masjidi
Manzil as-Satva, Dubay
Meʼmoriy uslub Fors arxitekturasi
Binokorlik ???—1979

Eroniy masjidi (Imom Husayn masjidi sifatida ham tanilgan) – Dubayning as-Satva shahrida joylashgan masjid. Eron jamoatchiligi tomonidan asos solingan.

Jumeirah masjidiga yaqin yerda, D 92 yoʻli joylashgan. Gumbazi anʼanaviy koʻk plitalar bilan qoplangan[1][2]. Masjid 2500 kvadrat metr maydonni egallaydi. 1979-yilda Eron Qizil Yarim Oy jamiyati koʻmagida qurilgan. Bir nechta ichki zal va xonalarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, arab, fors, urdu va ingliz tillarida turli mavzulardagi 14 000 dan ortiq kitoblarga ega kutubxonaga ega[3]. Shayx Muhammad Madaniy anglashuv markazi har hafta masjid boʻylab toʻrt marta ekskursiya oʻtkazadi[3].

  1. Thomas, Gavin. Frommer's Dubai and Abu Dhabi Day by Day. John Wiley & Sons, 2003 — 43-bet. ISBN 9780470684597. Qaraldi: 2015-yil 3-iyul. 
  2. „Iranian Mosque“. Lonely Planet. Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
  3. 3,0 3,1 „Iranian Mosque Dubai“. Dubai Travelator (2014). Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.