Kontent qismiga oʻtish

Ersted Xans Kristian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ersted Xans Kristian
Tavalludi 14-avgust 1777
Vafoti 9-mart 1851
Fuqaroligi Daniya

Ersted Xans Kristian (dancha: Hans Christian Ørsted; 1777. 14.8, Rudkyobing 1851.9.3, Kopengagen) — daniyalik fizik, Daniya Qirollik jamiyati kotibi (1815-yildan). Kopengagen universitetini tugatgan (1797), shu universitet professor (1806-yildan) va Kopengagen politexnika maktabining direktori (1929-yildan). Ilmiy ishlari elektr, akustika, molekulyar fizika sohalariga oid. 1820-yilda Erstedning elektr tokining magnit miliga taʼsirini aniqlashga doir ishi fizikaning yangi sohasi — elektromagnetizmning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Termoelektr effektni qayta kashf qilgan (J. Furye bilan), birinchi termoelementni yasagan. Magnit maydon kuchlanganligi birligi — ersted uning nomi bilan ataladi.