Kontent qismiga oʻtish

Eshituv-muvozanat nervi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eshituv-muvozanat nervi — bosh miya nervlarining 8-jufti. Ikki funksional — vestibulyar apparat (muvozanat aʼzosidan impulslarni uzatuvchi) va chigʻanoq (tovushni qabul qiluvchi) qismdan iborat (qarang Quloq). Vestibulyar qism ichki eshitish yoʻlining tagida yotuvchi dahliz tugunchasidan, chigʻanoq qism esa chigʻanoqning suyak plastinkasi asosigacha boruvchi spiral tugunchadan boshlanadi. Eshituv-muvozanat nervin.ning chigʻanoq qism tolalari zararlansa (infeksion yoki shikastlanish tufayli), eshitish qobiliyatiga (kar boʻlishgacha) ziyon yetadi, vestibulyar apparat zararlansa, muvozanat buzilishi va bosh aylanishi kuzatiladi.