Kontent qismiga oʻtish

Eshmat Nurmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nurmonov Eshmat — 1875-yili tug‘ilgan, Shovat rayoni Cho‘kli qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq quloq, savdogar, 1931-yilgacha qo‘y savdosi bilan shug‘ullangan. 1933-yili sovetlarga qarshi faoliyati uchun OGPU organlari tomonidan qamoqqa olingan, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi. Aksilinqilobiy, isyonchi guruh a’zosi sifatida o‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va eski xonlik tuzumini tiklash maqsadini qo‘yganlikda, guruhning nolegal yig‘inlarida targ‘ibot-tashviqot olib borganliqsa, xorijdagi muxolifatdagilar bilan aloqa o‘rnatganlikda, shu maqsadda Turkmanistonga borib kelganlikda ayblangan.[1]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 70-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.