Eshoni pir guzari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Shahar | Buxoro shahri |
Tarixiy tuman | Shayx Rangrez |
Avvalgi nomlari | Xo‘jagi |
Eshoni pir guzari — Buxoro shahrining Shayx rangrez qismida joylashgan qadimiy guzar[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guzar XIX asr boshlarida tashkil etilgan. Aholisining asosiy qismini pilla bilan savdo qiluvchilar, pilla yetishtiruvchilar, ip yigirib ranglovchilar tashkil qilgan. Guzar hududida kichk bozor va 2 ta choyxona joylashgan. Guzar masjidi XX asrga kelib yaroqsiz holatga kelganligi sababli Amir Olimxon tomonidan taʼmirlangan. Masjid ichida Eshoni pirning qabri joylashgan. XVIII asrda Shox Murod muxri bilan tasdiqlangan hujjatda madrasa Eshoni pir koʻcha esa Xoʻjagi deb atalgan. XX asr boshida guzarga Eshoni pir nomi berilgan. Machit qarshisidagi madrasada oʻn oltita xujra boʻlgan. Madrasa pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib amir Shohmurod davrida qayta tiklangan va madrasa uchun Ashurjon Qofilaboshi ibn Muhammad Rahimjon mutavvali qilib tayinlangan. Shu madrasada Eshoni pir talabalarni oʻqitgan. Madrasada darslar inqilobgacha davom etgan. 1927—yil 17—avgustda olingan xisobotlarga koʻra guzarda 100 hovli boʻlib 550 kishi istiqomat qilgan. 1929—yilda Abdusattor, Eshoni pir, Islom, Barakiyon, Mextar Shafe guzarlari birlashtirilib Islohot deb atala boshlangan[2]. Hozirda bu guzar oʻrnida stadion, Yoʻldosh Poʻlatov, Tolstoy koʻchalarining bir qismi joylashgan. Eshoni pirning qabri hozirda ham shu guzar ichidagi machitda saqlanib qolgan. 1990—yilda maxsus ustalar tomonidan masjid qayta taʼmirlangan va koʻchaga Eshoni pir nomi berilgan.