Kontent qismiga oʻtish

Eshonqul Noʻmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eshonqul Noʻmonov
tojikcha: Эшонқул Усмонович Нӯъмонов
Tavalludi 15-iyun 1919-yil
Samarqand
Vafoti 29-noyabr 1992-yil
Dushanbe Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR - Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi neft kimyosi
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni akademik

Eshonqul Usmonovich Noʻmonov (tojikcha: Эшонқул Усмонович Нӯъмонов; 1919-yil 15-iyun, Samarqand, Turkiston ASSR, RSFSR – 29-noyabr 1992-yil, Dushanbe, Tojikiston Respublikasi) – sovet, tojik kimyogari, Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1985), professor (1973), Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi V. I. Nikitina nomidagi Kimyo instituti direktori (1971–1988), Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi (1941–1945)[1][2].

Ishonqul Usmonovich Noʻmonov 1919-yil 15-iyunda Samarqandda xizmatchi Usmon Noʻmonov oilasida tugʻilgan.

1936-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetiga oʻqishga kiradi, biroq beshinchi kursida Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi sababli oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻladi. Noʻmonov urush boshlanganidan keyin koʻngilli ravishda frontga joʻnadi va urush tugaguniga qadar Qizil Armiya saflarida jang qilib, bir qancha jarohatlar oladi (1941–1946)[3][4][5].

1946–1948-yillar – SSSR Fanlar akademiyasi Tojikiston filiali Kimyo instituti kichik ilmiy xodimi, 1947-yil – S. M. Kirov nomidagi Leninobod pedagogika institutining tabiiy fanlar fakultetini sirtdan tamomlagan. 1948-yil – KPSS aʼzosi. 1949–1952-yillar – SSSR Fanlar akademiyasining N. D. Zelinskiy nomidagi Organik kimyo instituti aspiranti (V. I. Nikitin tavsiyasi bilan aspiranturaga kiradi). 1952–1958-yillar – SSSR Fanlar akademiyasi Tojikiston filiali Kimyo instituti katta ilmiy xodimi, 1952–1959-yillarda sirtqi boʻlimda dars bergan – Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot instituti umumiy kimyo kafedrasi mudiri boʻlin oʻz faoliyatini olib borgan.

1972-yilda I. U. Noʻmonov Tojikiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1973-yilda professor unvoni bilan tasdiqlangan, 1985-yilda esa Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan[6][7][8].

1959-yildan 1969-yilgacha mehnatkashlar deputatlari Dushanbe shahar kengashi deputati, soʻng Tojikiston Kommunistik partiyasi Dushanbe shahar qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan[9][10].

  1. „Нуманов Ишанкул Усманович (1919 - 1992)“ (ru). Действительные члены АН РТ с 1951 г.. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017.08.27.
  2. М. Р. Ражабова. Ишанкул Усманович Нуманов Материалы к биобиблиографии ученых Таджикистана (Том 42). Дшб: Дониш, 1989. 
  3. „Нуманов Ишанкул Усманович (1919 - 1992)“ (ru). Действительные члены АН РТ с 1951 г.. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017.08.27.
  4. М. Р. Ражабова. Ишанкул Усманович Нуманов Материалы к биобиблиографии ученых Таджикистана (Том 42). Дшб: Дониш, 1989. 
  5. Насыров И. М. Солдат, ученый, педагог // Маориф ва Маданият. — 1962. — 3 aprel (№ 40 (2023)). — С. 3—4.
  6. „Нуманов Ишанкул Усманович (1919 - 1992)“ (ru). Действительные члены АН РТ с 1951 г.. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017.08.27.
  7. М. Р. Ражабова. Ишанкул Усманович Нуманов Материалы к биобиблиографии ученых Таджикистана (Том 42). Дшб: Дониш, 1989. 
  8. АН Таджикской ССР. От Академии наук Таджикской ССР: [Ишанкул Усманович Нуманов избран членом-корреспондентом АН Таджикской ССР] // Коммунист Таджикистана. — 1972. — 1 fevral.
  9. М. Р. Ражабова. Ишанкул Усманович Нуманов Материалы к биобиблиографии ученых Таджикистана (Том 42). Дшб: Дониш, 1989. 
  10. „Хроника 11-е Нумановские чтения «Актуальные вопросы физики и химии углеродсодержащего сырья», посвященные 95-летию академика АН РТ И. У. НУМАНОВА“ (ru). Известия Академии наук Республики Таджикистан Отделение физико-математических, химических, геологических и технических наук № 3 (156), 2014 г.. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017.08.26.