Kontent qismiga oʻtish

Eshonxo’ja Muhammadxo’jayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

1872-yilda tugʻilgan. U 1920-yil Buxoro revolyutsiyasidan keyin Xalq adliya komissarligida ishladi. 1928-yilda yoshi oʻtib qolganligi uchun ishni tashlab, bir muddat dehqonchilik bilan shugʻullandi. E.Muhammadxoʻjaev 1944-yili OʻzFA Sharqshunoslik institutiga ishga qabul qilindi.

Bu arabshunos olim juda koʻp asarlarni arab va fors tillaridan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Afsuski, Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston (asar)“ asaridan qilgan tarjimasidan tashqari deyarli barcha tarjimalari qoʻlyozma holida qolgan va Sharqshunoslik institutining qoʻlyozma fondida saqlanmoqda.

E. Muhammadxoʻjaev islom huquqshunosligi – Fiqhga oid atamalardan 1200 tasini va Tasavvufga oid atamalardan 400 tasini toʻplab, oʻzbekchaga tarjima qildi (inv. No25, 45-I-II). Soʻngra faylasuf ibn al Arabiyning „Fusus al- hikam“(„Qimmatbaho bikmat toshi“ inv. No9586-11) asarini , Forobiyning „Fusus al-hikam“ (9586-1) „Uyun al-Masoil“ („Masalalar bulogʻi“), „Savollar va javoblar“, „Falsafani bilishdan oldin nimalarni bilish kerak“, „Aql haqida“, „Ikki hakim (Arastu va Aflotun) qarashlari haqida“ va boshqa bir qancha asar­larni arabchadan oʻzbekchaga tarjima qildi. Undan tashqari E.Muhammadxoʻjaev Oʻrta Osiyoning mashhur kishilari tarjimai holiga oid koʻp materiallarni arabcha, forscha manbalardan toʻplab, taijima qilgan. Ibn Xallikonning „Vafoyot ul-aʼyon“ („Mashhur kishilar vafotlari“), Qutfiyning „Tarix ul- hukamo“ („Hakimlar tarixi“), Bayhaqiyning „Tatimmat sivonul hikma“ ("Hik­mat sandigʻiga qoʻshimchaʼ’) asarlarini arabchadan, oʻrta asr tarixchisi Mirxondning „Ravzat us-safo“ asaridan hamda XIX asrda Eronda nashr etilgan ‘‘Nornai donishvaron" asarida mashhur kishilar tarjimai hollarini toʻplab, ularni forschadan oʻzbekchaga taijima qilgan. Undan tashqari, E.Muhammadxoʻjaev Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy, Gʻazzoliy, Alimad Donish kabi mutafakkirlar asarlaridan tarjimalar qilgan. Bu taijimalar albatta, sharq tillarini bilmagan xodimlarga va yosh olimlarga katta yordam beradi. E.Muhammadxoʻjaev 1953 yilda 81 yoshida Toshkentda vafot etdi[1].

  1. Arab filologiyasiga kirish. Toshkent: TDSHI kichik bosmaxonasi, 2010 — 102-bet. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.