Eshonxon Akbarxonov
Qiyofa
Akbarxonov Eshonxon To‘ra — 1872-yili tug‘ilgan, o‘zbek, Baliqchi rayon Niyozmasjid qishlog‘idan, ruhoniy, imom. G‘alla tayorlashga sabotaj qilgani uchun 1933-yili sudlangan va 100 so‘m jarima to‘lagan. Shaxsan o‘zi aksilinqilobiy tashkilotida, Afg‘onistondan xat olib, sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish va O‘zbekistonda musulmonobod tashkil etish maqsadida Baliqchi rayonida aksilinqilobiy guruh tuzish uchun choralar ko‘rgan, degan ayb qo‘yilgan.[1]