Kontent qismiga oʻtish

Eski angor

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Eski Angordan yoʻnaltirildi)

Eski angor, Eski Anhor -Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qurilgan magistral kanal. Dargʻom kanalitn suv oladi. qadimiy kanal, miloddan avvalgi 1-asrda qazilgan va Manas nomi bilan yuritilgan. Dastlabki uz. 300 km dan ortiq boʻlgan. 6—8, 8—13-asrlarda, moʻgʻullar istilosi davrida vayron qilingan. Temuriylar davrida tiklangan. Soʻntti 4-asr davomida qarovsiz qolgan.

1954-yilda uni rekonstruksiya qilish boshlanib, 1955-yilda ishga tushirildi. Kanal trassasi janubi-gʻarb yoʻnalishida choʻl yerlardan oʻtadi. Umumiy uz. 184 km, bosh qismida suv sarfi 45– 48 m³/sek., bosh va oxirgi qismlaridagi balandlik farqi 300 m. Kanal kam suvli Qashqadaryo havzasini iyul—avgust oylarida Zarafshon daryosining suvi bilan toʻyintiradi. Qashqadaryoga Qarshi shahridan yuqoriroqda quyiladi. Kanalga yiliga 550 mln. m³ gacha suv olinadi va uning 220—280 mln. m³Qashqadaryoga tashlanadi.

1974-yil 56 km da uning davomi sifatida sharq yoʻnalishida Moskva (hozirgi Mustaqillik) kanali qurildi. Eski Anhordan sugʻoriladigan Koson tumani etagidagi ekinzorlar Pistoli kanalidan mashina yordamida suv olinib, sugʻorila boshlandi. Mustaqillik kanalining trassasi Zarafshon togʻ tizmasi etaklarini aylanib, 57 soyni dyuker va akveduklar yordamida kesib oʻtadi. Trassa koʻtarma (20 m gacha) va qazma (46 m gacha) oʻzandan iborat. Kanal oʻzani toʻliq beton toʻshama bilan qoplangan. Uning suv oʻtkazish imkoniyati 60 m³/sek. Kanal 76 km da Chiroqchi shahridan yuqoriroqda Qashqadaryoga suv tashlaydi. Kanalning qurilishi Chiroqchi tumanida 15 ming, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlar etaklaridagi bir necha ming gektar ekinzorlarning suv taʼminotini yaxshiladi.

Ziyomiddin Artukmetov.