Kontent qismiga oʻtish

Eskorial

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Eskorial — Ispaniyadagi aholi punkti. Gvadarrama togʻida, Madrid shahri yaqinida joylashgan. Eskorial oʻzining SanLorenso del Eskorial ibodatxonasaroyi bilan mashhur (1563—1584, meʼmorlar X.B.Toledo va X.B.Errera loyihasi asosida qurilgan). Saroy ansambli havo rang va kulrang granitdan qurilgan boʻlib, tashqi bezaklardan xoli. Ichki xonalari qimmatbaho sanʼat asarlari: El Greko, Velaskes, Riber, Titsian, Veroneze, haykaltarosh B.Chellini va boshqalarning haykal va tasviriy rasmlari bilan bezatilgan. Kasita del Prinsipe (1772) paviloni saqlangan. Ispaniya qirollari qarorgohi. Turizm rivojlangan. Kurortlar bor.