Kontent qismiga oʻtish

Eskort

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eskort (frans.) — qoʻriqlash (himoyalash) va kuzatish uchun belgilangan kemalar, samolyotlar guruhi, harbiy boʻlinma. Dengiz yoʻllarida harbiy, transport yoki yordamchi kemalarni kuzatib borish eskadra minonosetslari (esminetslar), soqchi kemalar, suv osti kemalari hamda samolyotlar yordamida amalga oshiriladi. Avtotransportlar va qoʻmondoshtarning samolyotlarini kuzatib borish uchun havo E.idan foydalaniladi. Eʼtiborli kishilarni kutib olish va kuzatib borishda, koʻmish marosimlari va boshqalar hollarda faxriy E. qoʻyiladi.