Kontent qismiga oʻtish

Estuariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Estuariy (lotincha — daryoning dengiz suviga tutashgan quyilish qismi) — daryoning dengizga quyiladigan joyidagi voronkasimon va dengiz tomon kengayib boradigan qismi, qoʻltiqcha. E.ning hosil boʻlishi dengiz sathi koʻtarilishi natijasida daryo quyilish qismi vodiysini suv bosishi bilan bogʻliq. Suv qaytgan paytda daryo oqizib keltirgan jinslar dengizga tushib ketadi. Yenisey, Temza, Amur, Elba, Sena daryolari E. hosil qilib quyiladi.