Kontent qismiga oʻtish

Etologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Etologiya (yun. — urf-odat, xulq-atvor, xattiharakat va ... logiya) — biologiya ning bir boʻlimi. Hayvonlar xattiharakatini tabiiy yashash sharoitida oʻrganadi. "E." terminini belgiyalik olim L.Dollo taklif etgan (1904); lekin E. mustaqil fan sifatida 20-asrning 30-yillarida shakllana boshladi. E.da: xattiharakatning irsiylanadigan shakli — ishrtsiz reflekslar, yaʼni instinktlgrii, hayvonlarni oʻrganish qonuniyatlari, hayvonlarning ekstrapolyatsion xattiharakatini oʻrganish kabi yoʻnalishlar mavjud.

Tuban tuzilgan hayvonlarda tugʻma xulq-atvor ustunlik qiladi. Yuksak tuzilgan hayvonlarning etologik reaksiyalari irsiylanadigan hamda yashash muhiti taʼsirida hayot davomida hosil boʻladigan xulq-atvorlar ishtirokida shakllanadi. E. dalillaridan chorvachilikning ayrim sohalari, baliqchilik xoʻjaligi, tibbiyot, kibernetika va boshqalarda foydalaniladi. E. sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal etishda muhim ax.amiyatga ega.