Euan Murray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Euan Murray
Murray 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Euan Murray
Tavallud sanasi 20-yanvar 1994-yil (1994-01-20) (30 yosh)[1]
Tavallud joyi Rutherglen, Shotlandiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hartlepool United
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Motherwell
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Motherwell 3 (0)
2014 Arbroath 1 (0)
2014 Clyde 6 (1)
2015 Western United 5 (1)
2015—2016 Stenhousemuir 28 (3)
2016—2017 Barrow 6 (0)
2017 Southport 12 (0)
2017—2019 Raith Rovers 68 (7)
2019—2021 Dunfermline Athletic 34 (5)
2021—2022 Kilmarnock 28 (0)
Milliy terma jamoa
2012

Shotlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Euan Murray (talaffuzi: Iyuan Myurrey) (1994-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Euan Murray „Hartlepool United“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Murray oʻzining futbolchilik faoliyatini "Motherwell' futbol klubida boshlagan edi. Euan Murray faoliyati davomida „Arbroath“, „Clyde“, „Stenhousemuir“, „Raith Rovers“, „Dunfermline Athletic“, „Kilmarnock“, „Barrow“, „Southport“ va „Western United“ futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murray „Motherwell“ futbol klubining akademiyasida tarbiyalangan. Keyinchalik, Murray 2013-yilning 9-noyabrida „Motherwell“ futbol klubining asosiy jamoasi safiga qabul qilingan. Euan Murray klub safidagi ilk oʻyinini „Dundee United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan[2].

2013—2014-yilgi mavsum oxirida „Motherwell“ futbol klubini tark etgan Murray 2014-yilning 19-sentyabrida Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Clyde“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[3][4]. 2014-yil 23-dekabrda Euan Murray „Clyde“ futbol klubini tark etgan[5]. Bundan keyin, 2015-yilda Euan Murray Solomon orollaridagi „Western United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan[6].

Keyinchalik Euan Murray Shotlandiyaga qaytib, 2015-yilning 8-iyulida „Stenhousemuir“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. 2016-yilning 22-iyulida Euan Murray Angliya milliy ligasi vakili „Barrow“ futbol klubi safiga qoʻshilgan[8]. 2017-yil iyun oyida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Raith Rovers“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilish uchun klub maʼamuriyati bilan shartnoma imzolagan[9].

„Raith Rovers“ futbol klubi bilan ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, Euan Murray 2019-yil iyun oyida „Dunfermline Athletic“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzolagan[10]. Murray 2021-yilning may oyida klub bilan imzolagan shartnoma muddati tugaganidan keyin klubni tark etgan[11]. Keyinchalik Euan Murray yaqinda quyi ligaga tushib qolgan „Kilmarnock“ futbol klubi safiga bilan ikki yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[12]. Euan Murray klub safida barcha musobaqalarda 38 ta oʻyinda maydonga tushgan va klub bilan Shotlandiya chempionligini qoʻlga kiritgan.

2022-yil 24-iyunda Euan Murrayning „Kilmarnock“ futbol klubi bilan imzolagan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan. Oʻsha kuniyoq Murrayning Ikkinchi liga vakili „Hartlepool United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[13].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Euan Murray 2012-yil aprel oyida Shotlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida Serbiyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 29-oktyabr holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Motherwell 2013—2014 Shotlandiya Premer ligasi 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Arbroath 2014—2015 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Clyde 2014—2015 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 6 1 0 0 0 0 0 0 6 1
Western United 2014—2015 S Liga 0 0 0 0 0 0 3 0 3 0
Stenhousemuir 2015—2016 Shotlandiya Birinchi ligasi 28 3 1 0 1 0 2 0 32 3
Barrow 2016—2017 Milliy liga 6 0 0 0 0 0 2 0 8 0
Southport 2016—2017 Milliy liga 12 0 0 0 0 0 0 0 12 0
Raith Rovers 2017—2018 Shotlandiya Birinchi ligasi 34 3 1 0 4 0 6 1 45 4
2018—2019 34 4 3 1 4 0 6 0 47 5
Jami 68 7 4 1 8 0 12 1 92 9
Dunfermline Athletic 2019—2020 Shotlandiya chempionati 10 2 0 0 1 0 0 0 11 2
2020—2021 24 3 1 0 6 4 2 0 33 7
Jami 34 5 1 0 7 4 2 0 44 9
Kilmarnock 2021—2022 Shotlandiya chempionati 28 0 2 1 5 0 3 1 38 2
Hartlepool United 2022—2023 Ikkinchi liga 16 0 0 0 1 0 3 0 20 0
Jami 202 16 8 2 22 4 22 2 254 23

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Euan Murray profile“. Official Motherwell FC Site. 2013-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-fevral 2014-yil.
  2. „Motherwell 0–4 Dundee United“. BBC Sport (9-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2013-yil.
  3. „Berwick 1–2 Arbroath“. BBC Sport (9-avgust 2014-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2014-yil.
  4. „Murray joins Clyde“. Scottish Professional Football League (19-sentabr 2014-yil). 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2014-yil.
  5. „Players Moving On“. Clyde F.C. (23-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2015-yil.
  6. „Euan aims to star in Western role“. Motherwell Times (19-mart 2015-yil). Qaraldi: 8-iyul 2015-yil.
  7. Bulloch. „Player New – Latest Update“ (2015-yil 8-iyul). 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2015-yil.
  8. „Coxy Makes Double Swoop“. Barrow A.F.C. (22-iyul 2016-yil). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.
  9. „Triple Signing Coup for Smith“. Raith Rovers FC (9-iyun 2017-yil). Qaraldi: 9-iyun 2017-yil.
  10. „Euan Murray joins DAFC“. Dunfermline Athletic FC (13-iyun 2019-yil). Qaraldi: 15-iyun 2019-yil.
  11. „Player update“. Dunfermline Athletic FC (31-may 2021-yil). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2021-yil.
  12. „Euan Murray joins Killie“. Kilmarnock FC (1-iyun 2021-yil). Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  13. „Pools sign Euan Murray“. Hartlepool United FC (24-iyun 2022-yil). Qaraldi: 24-iyun 2022-yil.
  14. „Serba 1 v 4 Scotland“. Scottish Football Association (19-aprel 2012-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2018-yil.