Eva Moser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eva Moser
IM Eva Moser 4338
Mamlakat Avstriya
Tugʻilishi 26-iyul1982-yil
Tamsweg, Avstriya
Vafoti 31-marct 2019-yil (36-yoshida)
Graz, Avstriya
Saravha

Xalqaro magistr,

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2471 (July 2012)

 

Eva Moser (talaffuzi: Eva Mozer 26-iyul 1982-yil — 31-mart 2019-yil) avstriyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2004-yilda Xalqaro usta (IM) va 2003-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan.[1] Moser shaxmat boʻyicha Avstriyaning mutlaq chempioni va ayollar chempionatlarida ham gʻolib boʻlgan. U 2008-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser 10 yoshidan shaxmat oʻynay boshlagan. U sakkiz marta shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida turli yosh guruhlarida gʻolib chiqqan.

1998-yilda Mozer 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Murek shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida tay-brekda gʻalaba qozongan Ana Matnadzedan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Moser 2000-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida, 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasining ochiq seksiyasida (odatda „erkaklar seksiyasi“ deb ataladi), 2003-yildan beri ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida va Mitropa Cup (1999, 2002, 2004) ochiq boʻlimida Avstriya sharafini himoya qilib kelgan.

Moser FIDE tomonidan 2003-yilda Ayol grossmeyster (WGM) (Avstriyalik ayollar oarsida birinchisi) va 2004-yilda xalqaro usta (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.

2006-yilda u Köflachda boʻlib oʻtgan Avstriya shaxmat chempionatida[2] mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu ishni qilgan birinchi ayol boʻldi. U 2010[3] va 2011-yillarda[4] ayollar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida gʻolib boʻlgan.

2000-yilda Drezden ayollar musobaqasi,[5]  Jena Open 2009,[6] 2010,[7] 2011[8] va 2012,[9] va Chess Ladies Vena 2012[10] va 2013 turnirlarda mutlaq gʻolib boʻlgan.

2006—2007-yilgi mavsumda uning Avstriya birinchi liga jamoasi Styria Graz Avstriya terma jamoasi chempioniga aylandi. U Avstriyaning „Wolfsberg“ jamoasida oʻynagan. OSG Baden-Baden Germaniya ayollar shaxmat Bundesligasida besh marta gʻalaba qozongan va koʻp yillar davomida oʻz mavqeini saqlab qolgan.

Moser, shuningdek, ChessBase bilan kam miqdordagi oʻquv shaxmat DVDlarini nashr etdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moser 2009-yilda Gratsda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritgan. U Avstriyaning „Schach-Aktiv“ shaxmat jurnalida ishlagan.

Eva Moser 2019-yil 31-martda[11] Gratsda leykamiyadan vafot etdi. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]