Eva Romanová

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yeva Romanova

Yeva akasi Pavel Roman bilan
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat  Chexiya
Tavalludi 27-yanvar 1946-yil
Yashash joyi Chexiya
Sherigi Pavel Roman

Yeva Romanova (chex. Eva Romanová; 1946-yil 27-yanvarda Chexoslovakiyaning Olomouc shahrida tugʻilgan) — chexoslovakiyalik figurali uchuvchi, Pavel Roman bilan muz ustida raqs bilan shugʻullanadi. Juftlik birgalikda toʻrt karra Jahon chempioni va ikki karra Yevropa chempioni boʻlgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yeva va Pavel muz ustida raqs bilan oʻsmirlik paytida shugʻullana boshlagan. Bungacha ular oʻzlarini juftlikda konkida uchishda sinab koʻrdilar, ammo kutilgan muvaffaqiyatga erisha olmadilar.

Yeva va Pavel 1960-yillarning boshida tajribali murabbiy Mila Novakova rahbarligida raqs texnikasini oʻrganishni boshladilar.

Juftlik ilk bor 1962- yilgi Yevropa chempionatida oʻzlarining birinchi bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili Pragada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, birinchi oʻrinni egallashdi va bu omma uchun kutilmagan hodisa edi. Oʻsha paytdagi raqs musobaqalari uchun bu holat odatiy boʻlmagan, anʼanaviy ravishda yevropa chempionlari ham jahon chempionligini qoʻlga kiritishgan, ammo uchinchi oʻrinda boʻla turib Yevropa chempionligini qoʻlga kiritmoqlik tarixda birinchi marta sodir boʻldi. Va bu voqea yangi raqs yoʻnalishining tugʻilishiga turtki berdi.

Biroq keyingi yili Yevropa chempionati shohsupasining yuqori pog‘onasi Yeva va Pavel juftligiga bo‘ysunmadi — ular ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo juftlik qisqa vaqt oraligʻida yama birdamlasha olishdi va oʻsha yilgi Jahon chempionatida ular yana birinchi oʻrinni olishdi. Keyingi ikki mavsumda ham aka-singil yevropa va jahon chempionatlarida birinchi oʻrinlarni egalladi (oʻsha paytda muz raqsi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilmagan edi).

Havaskorlik faoliyatini tugatgandan soʻng, juftlik „Holiday on Ice“ deb nomlangan shouda chiqish qildi.

Yeva Jack Grehamga turmushga chiqdi va u bilan Texasdagi fermada yashadi. Hozirda Yeva va Jack Chexiya Respublikasida, Lipnitsa shahrida istiqomat qiladilar[2].

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juftlikda figurali uchish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar/mavsumlar 1957 1958 1959
Yevropa chempionati 12
Chexoslovakiya chempionati 3 2 2

Raqslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar/mavsumlar 1958-59 1959-60 1960-61 1961-62 1962-63 1963-64 1964-65
Jahon chempionatlari 1 1 1 1
Yevropa chempionati 7 7 5 3 2 1 1


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]