Kontent qismiga oʻtish

Evanescence

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Evanescence
Fayl:Evanescence4.jpg
Umumiy maʼlumot
Mamlakat AQSH
Faoliyat yillari 1994-bugun
Janr Alternative Metal, Alternative Rock, Gothic Metal, Symphonic Rock
Leybl Wind-Up Records
Tarkib Amy Lee - vokal
Terry Balsamo - gitara
Tim McCord - bas
Sobiq aʼzolar Ben Moody - gitara
Rocky Gray - barabanlar
John LeCompt - gitara
David Hodges - perkussiya
William Boyd - bas
Vebsayt www.evanescence.com

Amerikan modern rockining yangi qahramonlarining yuzi boʻlib, Evanescence'ning vokalchisi Amy Lee boʻldi. Shunisi qiziqki, Evanescence'ning paydo boʻlishidan avval, alternative metal janrida ijod qiladigan guruhning vokalchisi ayol kishi boʻlishi mumkinligi hech kimning xayoliga kelmagan, kelgan taqdirda ham, umuman tasavvurga sigʻmaydigan fikr kabi surib tashlangan. Evanescence kabi guruhlar - Lacuna Coil va The Gathering'larning misollari ayol vokali gitaraning agressiv riflarini toʻldirishini koʻrsatardi, ammo ayol vokalchini birinchi oʻringa qoʻyish - hamkasblar - erkak vokalchilarga nisbatan hurmatsizlikdek tuyulgan. Amy Lee'ni bu pozitsiya hayron qoldirardi: "Mening ona shahrimda, men - ayol kishi vokalda turadigan hattoki bir dona guruhni ham bilmayman!"

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Litl-Rokdeath metal'ning sahnasi rivojlangan Arkanzas shtatidagi kichikkina shaharcha. Aynan shu yerda, 1994-yili Amy Lee va Ben Moody uchrashishadi. Ular atigi 13 va 14 yoshda edilar. 1998-yilgi intervyusida Ben tanishuvlarining hususiyatlarini ochadi:

"Bir necha yil avval Amy va men bir bolalar oromgohida boʻlgan edik. Men kult musiqa chaladigan guruh bilan ijod qilardim, Amy esa ochiq havodagi ibodat bilan shugʻullanardi. Bir kuni boʻsh vaqtimda men sport zalida oʻtirib, basketbol matchini koʻrayotgan edim. Maydonning boshqa tarafida pianino turgan sahna bor edi. Men juda zerikib oʻtirgan edim, bir vaqt Meat Loaf guruhining "I Would Do Anything for Love" qoʻshigʻiga kirishni chalayotgan pianino ovozlarini eshitib qoldim.

Men oʻsha tarafga qaradim va pianinoda hech ham urinishlarsiz, katta talantini namoyish qilib chalayotgan qizni koʻrib qoldim. Menda uygʻongan gʻaraz toʻlqini pasayganidan soʻng, men darrov turib oʻyin ketayotgan maydonni toʻgʻridan-toʻgʻri kesib oʻtib, pianino oldiga yugurib bordim va qizga oʻzimni tanishtirdim.

Keyin u meni oʻzi yozgan qoʻshigʻi bilan yanada qattiqroq hayratga soldi. Men oʻzimni jannatda his qildim. Soʻng u qoʻshiq aytishni boshladi. Men oʻlib qolay dedim. Oromgohning bu kichik, ozgʻin kishisida men umrimda eshitib koʻrgan ovozlardan eng kuchlisi va eng chiroylisi bor edi. Qandaydir qilib, men uni boshqa hech kim bilan oʻynamaslikka undirdim va oʻsha paytdan boshlab u meniki boʻlib qoldi".

Ben bu hikoyani bir necha marotaba aytib bergan edi, ammo Amy uni toʻgʻrilardi: "Nima haqida gapiryapsan?! Men hech qachon bu qoʻshiqni ijro etmaganman!.. Ha, mayli ijro etgandirman, ammo meni Meat Loaf guruhi bilan assotsiatsiya qilishlarini istamayman!". Amy aytadiki, bu nima bilan tugashini oldindan bilganida, ijro etish uchun boshqa qoʻshiqni tanlagan boʻlar emish.

Musiqiy didlarining har xil boʻlishiga qaramay, (Amy klassik musiqiy taʻlimga ega, Tori Amos va Bjork'larning ijodini sevadi, Benga esa 80-yillarning heavy-metal'i yoqadi) yoshlar tezda til topishishadi. "Biz asosiy narsada bir-birimizga mosmiz - musiqaga boʻlgan qarashlarimizda, - deydi Ben. - Biz bir-birimizni soʻzlarsiz tushunamiz va bir-birimizni fikrlarimizni tugatamiz".

Birinchi yozuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evanescence haqidagi birinchi eslashlar 1990-yillarning ohirlariga toʻgʻri keladi. "Give unto Me" va "Understanding", keyinchalik esa "My Immortal" va "Haunted" qoʻshiqlari aynan oʻsha paytda yozilgan edi, oxirgi ikkitasini Ben yozgan. Ben yozgan deyarli hamma qoʻshiqlar singari, ular qisqagina tarixga ega edilar. "Haunted"'ning matnini Amy Benning taqdir istagi bilan yovuz uyga qamalgan kichik qizaloq haqida hikoyasini oʻqigandan keyin yozadi. Uy uni asirlikda ushlaydi va mana 10 yildan buyon u qiynoqlarining sababchisi boʻlgan kishini koʻrgisi keladi, uni sevadi va bir paytda undan nafratlanadi, ammo u uning hayotidagi yagona odam va qizning hayoti usiz mavjud boʻla olmaydi. "My Immortal"ning tarixi yuqorida aytib oʻtilgan hikoya bilan qandaydir maʻnoda kontrast yaratadi. Dilni oʻrtab yuboradigan lirikasi, hayot va oʻlim haqida mulohazalari, shu jumladan oʻz joniga suiqasd qilish haqidagi oʻylariga qaramay, guruhning qoʻshiqlari bir-biridan juda farq qiladi. "My Immortal" - sevgilisini tinch qoʻymayotgan vafot etgan qizning arvohi haqida qoʻshiq. Biz sevadigan insonlarning ruhlari bizlarni tark etmaydi, qachonki buni oʻzimiz hohlamasak. Bu qoʻshiq ayriliq va qiyinchiliklar haqida. Aytishimiz mumkinki, hozirgi vaqtda bu qoʻshiq ularning eng ommaviy va mashhur qoʻshiqligidir.

Brad Caviness Litl-Rokdagi oʻzining KABF radiosida "formatda boʻlmagan" musiqaligiga qaramay, "Understanding" va "Give unto Me" qoʻshiqlarini aylantira boshladi.

Bjork, Danny Elfman va Tori Amos kabi artistlarning taʻsiri ostida guruh oʻz materiallaridan demo-albomlar chiqara boshladi. Hattoki, jonli sahnaga chiqishlarga ega boʻlmay, Evanescence oʻzining reputatsiyasiga ega boʻla boshladi. "Biz ishlab chiqqan narsalarning koʻp qismi amalga oshirilmadi" - eslaydi Ben. Yangi gotik guruh haqidagi mish-mishlar Litl-Rokning tashqarisida ham tarqaldi - va buning hammasi guruh bir dona ham konsert bermagan holatida! "Toʻsatdan, biz mashhur ekanligimizni angladik, - eslaydi Ben Moody. - Bizning qoʻshigʻimizni radioda juda koʻp aylantira boshlashdi, ammo paradoks shunda ediki, hech kim bizni tanimasdi va bizni qanday topishni bilmas edi. Biz esa koʻrinmasdik, konsertlarni ham bermasdik, chunki guruh atigi ikki kishidan iborat edi - men va Amydan".

"Understanding" qoʻshigʻi musiqachilar yozib, oʻz kuchlari bilan chiqargan debyut albom - EP Evanescence (1998)ga kiritiladi. Albom bir kecha ichida, Litl-Rokdagi ularning birinchi konserti Vino'da 100 nushada tarqaladi. Albom chiqaruvidan soʻng guruh oʻziga Evanescence nomini oladi (ungacha ular Stricken & Childish Intentions deb nomlanishardi).

Whisper EP keyinroq, 1999-yili BigWig Enterprises yordamida CD-Rlarda (atigi 50 nushada) realizatsiya qilinadi.

2000-yilda guruhga David Hodges qoʻshiladi, u klavishlarda chaladi. Aytish mumkinki, bu juda hayratlanarli hol edi, chunki Ben Moody - tugʻma pedant - oʻzi bilan birga chalish qulay boʻlganlarni juda tirishqoqlik bilan saralardi. Shu yilning oʻzida Origin demo-albomi chiqariladi. Bu CD 2000-yil 4-noyabrda Litl-Rokda Evanescence, Living Sacrifice, Squad 5-0 va yana ikki guruh ishtirok etayotgan shouda taqdim etiladi.

Muvaffaqiyat qanotlarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Internetga tashlangan yozuvlar "Wind-Up Records" leyblining boshliqlarining diqqatini tortdi. Bu leybl "xristian" musiqani chiqarar edi ("Wind-Up Records"ning mijozlari - Creed, P.O.D., 12 Stones, Seether). Bu vaqtga kelib, duet yana bir gitarachi - Jon LeKompt (Killing System) va barabanchi Roki Greyga (Living Sacrifice, Soul Embraced) ega boʻladi. "Wind-Up Records" yordami bilan komandaning kompozitsiyalari "xristian" radiostansiyalarida yangrashni boshladi. "Bring Me to Life" qoʻshigʻini efirida qoʻygan birinchi radiostansiya Litl-Rokdagi KLAL-FM edi. Syd stansiyasining musiqiy boshligʻi Bring Me to Life qoʻshigʻini 2002-yil yozida eshitib qoladi va bu qoʻshiq potensial hitligini hammadan avval sezadi. Syd qoʻshiqni stansiyada qoʻyishni boshlaydi, keyingi yilning boshlariga kelib esa boshqa yoʻnalishli stansiyalar (alternativ, xristian va boshqa ommaviy stansiyalar) undan namuna ola boshladilar. "12 Stones" vokalchisi Paul Maccoy ishtirokida yozilgan bu "Bring Me to Life" qoʻshigʻi "Daredevil" filmining prodyuserlari nazariga tushadi va ular guruhga filmning saundtrekiga yana bir ashulaligi - "My Immortal"ni qoʻshishni taklif etadilar. Bu filmga bagʻishlangan musiqali albom 2003-yil fevralda chiqadi, Evanescence'ning mashhurlikka erishishiga esa sanoqli kunlar qolgan edi. Issiq izlar boʻylab chiqarilgan "Fallen" debyut albomi "Daredevil" filmining muvaffaqiyati tufayli amerika rasmiy hit-paradining yettinchi qatorida debyut qiladi va bir oydan soʻng birinchi platinasiga erishadi. Guruhning debyut albomi 12 millionlik adad bilan tarqaladi va bir necha bor platinaviylik unvoniga erishadi. "Fallen" 2004-yilning eng yaxshi albomi sifatida Grammy'da nomzodlikka qoʻyiladi. "Fallen" albomi 2002-yili Los-Anjeles shahrida Dave Fortman (Boysetsfire, Superjoint Ritual) prodyuseri bilan birgalikda yozilgan edi. Yozuvning tugashi bilan, 2002-yil 19-dekabrda David guruhni tark etadi. Albom toʻyingan goʻzallik va musiqaning ogʻirligi oʻrtasidagi sezib boʻlmas balansni topadi. Tipik yozuv boʻlib - birinchi singl - "Bring me to life" boʻla oladi. 2003-yil mayida u Amerika chartining choʻqqisiga chiqadi va u yerda ikki hafta ushlanib turadi, iyunda esa Evanescence britan chartini ham ishgʻol etadi.