Kontent qismiga oʻtish

Evenklar muxtor okrugi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Evenklar muxtor okrugi, Evenkiya — Rossiya Federatsiyasi Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibidagi muxtor okrug. 1930-yil 10 dekabrda tashkil etilgan. Sharqiy Sibirda joylashgan. Maydoni 767,6 ming km².

Aholisi 17,7 ming kishi (2002), asosan, evenk, ket va ruslar, shuningdek, saxa, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 29,2%. 3 maʼmuriy tumanga boʻlingan. Markazi — Tura shaharchasi.

Tabiati. Evenklar muxtor okrugio. Oʻrta Sibir yassitogʻligining markaziy qismini egallaydi. Okrugning baland joyi — Putorana platosi (eng baland joyi — Kamen togʻi, 1701 m). Okrugda Tunguska toshkoʻmir havzasining koʻp qismi; Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska atroflarida temir rudasi, rangli metallar, grafit, islandiya shpati, neft, gaz konlari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi davomli, sovuq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi Vanavarada — 26,9°, Turada — 36,8°. Iyulniki Turada 15,5°, Vanavarada 16,6°. Yillik yogʻin 300–500 mm. Vegetatsiya davri shim.da 60 kun, jan.da 115 kun. Toʻngib yotgan yer koʻp. Asosiy daryolari — Yeniseyning oʻng irmoqlari: Quyi va Toshloq Tunguska. Koʻl (shu jumladan, Yessey, Vivi, Agata) koʻp. Togʻoʻrmon podzollashgan tuproqlar tarqalgan. Hududining katta qismi tayga zonasida boʻlib, tilogʻoch, qoraqaragʻay, chekka shim.da siyrak oʻrmonlar va yoʻsinlishaynik kabi tundra oʻsimliklari oʻsadi. Sobol, tiyin, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, burunduq, ondatra, latcha, tulki, boʻri, oq tovushqon, shim. bugʻusi, los, karqur, qur, chil yashaydi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda evenklar hozirgi hududda oʻrnashganlar. Ularning asosiy mashgʻulotlari ovchilik, bugʻuchilik, baliq ovlash boʻlgan. 17-asrning 1-yarmida Evenklar muxtor okrugio. hududini Rossiya egalladi. Shundan keyin yasoq soligʻi joriy etildi, talonchilik siyosati oqibatida tub aholining asosiy qismi qirilib ketdi. 1930—32 yillarda geologlar topgan toshkoʻmir, islandiya shpati, qurilish materiallari va tuz kabi foydali qazilma konlari asosida sanoat ishlab chiqarish vujudga keddi. Evenklar muxtor okrugio. hududida Putorana, Tungus, markaziy Sibir qoʻriqxonalari bor.

Evenklar muxtor okrugio.da oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, elektroenergetika, yoqilgʻi, poligrafiya, mashinasozlik va metallsozlik, konchilik sanoatlari rivojlangan. Okrugning asosiy xoʻjalik tarmoklari — moʻynachilik va bugʻuchilik. Evenklar muxtor okrugio. Krasnoyarsk oʻlkasida tayyorlanadigan moʻynaning 13% ni (sobol, kumushrangqora tulki, oq suvsar, tiyin, ondatra) beradi. Moʻyna tayyorlashning 55% ni ov mahsulotlari, 45% ni darrandachilik tashkil qiladi. Darrandachilik fermalarida qora toʻlki va koʻk tulki boqiladi. Krasnoyarsk oʻlkasidagi bugʻuyushg U3qismiga yaqini Evenklar muxtor okrugio. hissasiga toʻgʻri keladi. Konchilik rayonlarida bugʻu yaylovlari degradatsiyaga uchragan. Tabiiy sharoiti aholi yashashi uchun ancha noqulay. Sut chorvachiligi va dehqonchilik (kartoshka, sabzavot), baliq ovlash rivojlangan.

Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska daryolarida kema qatnaydi. Aviatransport rivojlangan. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 117 km. Bugʻu transporti katta ahamiyatga ega. Okrug oʻlkashunoslik muzeyi, teatr faoliyat koʻrsatadi.