Evrigalin hayvonlar
Qiyofa
Evrigalin hayvonlar (evri... va yun. paNpok — shoʻrlangan) — muhit shoʻrlanishining keng miqyosda oʻzgarishiga chidamli boʻlgan suv yoki tuproq hayvonlari. Evrigalin hayvonlarga dengiz sohilida, daryolar quyilishida, shoʻrlangan yoki kuchli shoʻrlangan suv havzalarida yashaydigan hayvonlar, dengizdan daryolarga oʻtib uvildiriq tashlaydigan baliqlar kiradi. Evrigalin hayvonlar orasida artemiya qisqichbaqasi 20 dan 40% gacha shoʻrlangan, hatto vaqtinchalik chuchuklashgan suvlarda yashay oladi. E.hda shoʻrlanishning oʻzgarishiga chidamlilik xususiyati ular ichki muhitidagi suyuqlikda osmotik faol moddalar konsentratsiyasining nisbiy doimiyligini boshqarib turuvchi osmoregulyatsiya mexanizmi bilan bogʻliq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |