Kontent qismiga oʻtish

Evropa telekommunikatsiya standartlari instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevropa Telekommunikatsiya Standartlari Instituti (inglizcha: European Telecommunications Standards Institute, qisqartmasi ETSI) — Yevropadagi telekommunikatsiya sanoati (uskunalar ishlab chiqaruvchilar va tarmoq operatorlari)  uchun standartlashtirish boʻyicha  mustaqil, notijorat tashkilot.

ETSI tomonidan GSM uyali aloqa tizimi va TETRA professional mobil radio tizimi muvaffaqiyatli standartlashtirilgan. Shuningdek, u 3GPP yaratuvchilardan biri hisoblanadi.

1988-yilda ETSI tomonidan CEPT (Yevropa pochta va telekommunikatsiyalar maʼmuriyatlari konferentsiyasi) ishlab chiqildi va Yevropa Komissiyasi hamda EFTA (Yevropa erkin savdo uyushmasi) kotibiyati tomonidan rasman tan olingan.

ETSI shtabi - Sophia Antipolisda (Fransiya) joylashgan.  ETSI Yevropa axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini standartlashtirish bo‘yicha masʼul va rasman javobgardir.

ETSI 64 mamlakatda 800 dan ortiq aʼzolariga ega, jumladan uskunalar ishlab chiqaruvchilar, aloqa operatorlari, maʼmuriyatlar, xizmat koʻrsatuvchi provayderlar, tadqiqotchilar, foydalanuvchilar – va barcha axborot texnologiyalari olamining asosiy ishtirokchilari va bo‘gʻinlari.

2005- yilda ETSI byudjeti 20 million yevrodan oshdi, bunda - aʼzolarning hissalari, tijoriy shartnomalari va loyihalari hamda hamkorlikdagi moliyalashtirish kabi tijorat faoliyatlari hisobga olingan.

  • Rasmiy sahifa Архивировано 8 2011 yil iyun yilning.