Exinopsis adolfofriedrichi
Oila: Kaktuslar |
Exinopsis adolfofriedrichi (Echinopsis adolfofriedrichii)-kaktusning Exinopsis (Echinopsis) turiga kiradi. Kakrusning Exinopsis turi 17 xildagi kaktuslarni o`z ichiga oladi. Mansubligi-Eukariotlar.
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstriyalik kaktuslar tatqiqotchisi Gyunter Mozer vatandoshi va hamkasbi Adolf Fridrix (1897-1987) sharafiga ushbu nomni bergan. Adolf Fridrix 1925-yilda Paragvayga borganida ushbu turni topgan.
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poyasi yumaloq, toʻq yashil rangda, boʻyi 7-15 sm, diametri 10-20 sm, Kurtaklari soni 11-13, Tikanlari kulrang, uchlari jigarrang. Gullari oq, diametri 10-13 sm, tunda ochiladi. Koʻpchilik turlari kabi yoqimli va kuchli hid tarqatadi. Quyosh nurini yaxshi koʻradi. Uzoq vaqt davomida quruq qoldirib bo`lmaydi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ubshu turdagi kaktuslar Paragvay janubi-sharqidagi Asunson va Enkarnason oraligʻida oʻsadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ lifle.com/Encyclopedia/CACTI/Family/Cactaceae/21035/Echinopsis_adolfofriedrichii