Kontent qismiga oʻtish

Eydos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eydos (yun. — koʻrinish, timsol) — yunon falsafasi va adabiyotidagi tushuncha. Dastlab "koʻrinadigan", "koʻrinib turgan", "tashqi" (Gomer), keyinchalik muayyan hodisa, koʻrinadigan mohiyat (Parmenid), substansional goya (Platon), shakl (Aristotel) maʼnolarini bildirgan. E. Gusserl (1859—1938) fenomenologiyasida fakt (hodisa)dan farqlanadigan mohiyat sifatida tavsiflangan. Soʻnggi davr falsafasida E. tushunchasi "mutlaq gʻoya" maʼnosini anglatadi.