Kontent qismiga oʻtish

Eynshteyn (birlik)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Eynshteyn — optik diapazondagi elektromagnit nurlanish energiyasi birligi; fotokimyoda qoʻllanadi. Avogadro soniga teng miqdordagi optik diapazonga joylashgan bir xil chastotali yorugʻlik kvantlarining energiyasiga teng. Birlikning qiymati yorugʻlik kvantining chastotasiga bogʻliq tarzda oʻzgaradi. A. Eynshteyn sharafiga qoʻyilgan.