Kontent qismiga oʻtish

Ezekiel Kiptoo Chebii

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ezekiel Kiptoo Chebii (1991-yilning 3-yanvarida tugʻilgan) – yarim marafon va marafon poygalarida qatnashashgan keniyalik uzoq masofaga yuguruvchi. Uning shaxsiy rekordi 59:05 daqiqa va 2:09:15 soat. Uning yarim marafonida qatnashgani ushbu masofa boʻyicha barcha zamonlarning eng yaxshi yigirmataligiga kiritdi. U Madrid marafonida va Lille yarim marafonida gʻalaba qozongan. Ushbu ikkala gʻalana ham rekord hisoblanadi.

U ilk bor yevropadagi musobaqalarni 2009-yilda hali oʻsmir boʻlgan paytlarida boshlagan. Oʻsha yili uUtrecht Singelloopda beshinchi oʻrinni egallaydi[1]. U 2010-yilda Paderborn 10K poygasida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Ushbu poygada u birinchi marta masofani 28 daqiqadan kam boʻlgan vaqt ichida bosib oʻtadi va bu bilan u jahon miqyosidagi eng yaxshi 40 talikka kiritiladi[2].

Chebii 2011-yilda yarim marafonda yuguradi va Nice yarim marafonda 61:40 daqiqada bilan eng yaxshi natijani oʻrnatadi[3]. Shuningdek, u Portugaliya yarim marafonida va Giro di Castelbuonoda kuchli sakkizlikka kiadi[4][5].

U 2012-yilda dunyoning eng yaxshi yuguruvchilari qatoridan joy oladi. U Berlin yarim marafonida ilk bor yarim marafonni bir soatdan kamroq vaqt ichida bosib oʻtadi va 59:22 daqiqa bilan uchinchi oʻrinni egallaydi[6]. U sentabr oyida 59:05 daqiqa bilan Lille yarim marafonining rekordini yangilaydi[7]. Bu safar uni oʻsha mavsumda dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi[8], shuningdek, uni barcha zamonlarning eng yaxshi yigirmataligiga koʻtarishadi[9]. U Amsterdam marafonida ham eng tez yugurish boʻyicha rekord oʻrnatadi[10].

Yuqori natijalardan soʻng, oʻz jismoniy holatini bir xilda saqlashga qiylana boshlaydi va Marseille-Cassis Classique Internationale musobaqasida oʻninchi, RAK yarim marafonida oʻn ikkinchi va CPC yarim marafonida boʻlsa beshinchi oʻrinni egallaydi[11][12][13] U keyinchalik uzoqroq masofalarga yugurishni boshlaydi. 2013-yilgi Rotterdam marafonida 30 kmli masofaga yuguradi[14].

U Madrid marafonida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilish uchun 2:09,15 soatlik natijani qayd etadi[15][16]. Uning marafondagi navbatdagi urinishlari unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. U Dubayda 17-oʻrinni olib 2:13:14 soatlik natijani qayd etadi[17].

  1. van Hemert, Wim (2009-09-28). Komon flies 27:10 in Utrecht. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  2. 10 Kilometres – men – senior – outdoor – 2010. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  3. Ezekiel Kiptoo Chebii. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  4. Fernandes, António Manuel (2011-09-25). Keitany smashes race record in Lisbon. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  5. Sampaolo, Diego (2011-07-27). Geoffrey Mutai dominates in Castelbuono. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  6. Martin, David (2012-04-01). Koech and Ongori prevail in heated battles in Berlin Half. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  7. Ramsak, Bob (2012-09-02). Chebii clocks 59:05 course record in Lille Half Marathon. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  8. Half Marathon – men – senior – outdoor – 2012. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  9. Half Marathon – men – senior – outdoor All-Time Best. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  10. van Hemert, Wim (2012-10-21). Chebet and Hailu break course records in Amsterdam – REPORT. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  11. Vazel, Pierre-Jean (2012-10-29). Kipyego and Kibarus lead Kenyan sweeps at Marseille-Cassis. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  12. Kabuu and Kamworor triumph in high-quality races at Ras al-Khaimah Half. IAAF (2013-02-15). Retrieved on 2015-02-08.
  13. van Hemert, Wim (2013-03-10). Kipyego and Picoche triumph on cold windy day at The Hague. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  14. van Hemert, Wim (2013-04-14). Regassa and Jelagat triumph in Rotterdam. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  15. Fernandes, António Manuel (2014-03-16). Karoki makes outstanding half marathon debut with 59:58 win in Lisbon. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.
  16. Madrid all-comers record for Kiptoo Chebii on his marathon debut. IAAF (2014-04-27). Retrieved on 2015-02-08.
  17. Marathon – men – senior – outdoor – 2015. IAAF. Retrieved on 2015-02-08.