Kontent qismiga oʻtish

Félix Borja

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Félix Borja
Borja South China bilan, 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Félix Alexander Borja Valencia[1]
Tavallud sanasi 2-aprel 1983-yil (1983-04-02) (41 yosh)
Tavallud joyi San Lorenzo, Ekvador
Boʻyi 1.79 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2006 El Nacional 129 (50)
2006—2008 Olympiacos 23 (5)
2007—2008Mainz 05 (ijara) 32 (16)
2008—2010 Mainz 05 20 (6)
2010—2011 Puebla 15 (6)
2011—2015 Pachuca 42 (10)
2013Puebla (ijara) 25 (7)
2014LDU Quito (ijara) 16 (2)
2014Chivas USA (ijara) 12 (3)
2015 Mushuc Runa 11 (1)
Milliy terma jamoa
2005—2011 Ekvador 22 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-iyun 2017-yil uchun)

Félix Alexander Borja Valencia (talaffuzi: Feliks Borxa; 1983-yil 2-aprelda tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, oxirgi marta Ekvador A Seriyasi vakili „El Nacional“ jamoasida oʻynagan. Sakrash mahorati tufayli „kenguru“ va „Ekvador kobrasi“ laqabini olgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Felix Borja 2006-yilgacha Ekvadorning „El Nacional“ jamoasida oʻynagan[3].

Gretsiya ligasi chempioni „Olympiacos“ ga oʻtishi uni Gretsiya jamoasida oʻynagan ilk ekvadorlik futbolchiga aylantirdi.  Borja „Olympiacos“ ga oʻtganidan ikki oy oʻtib Amerika Kubogining eng yaxshi toʻpurari deb eʼlon qilindi[4].

„Olympiacos“ rahbariyati 2006—2007-yilgi mavsum oxirida uni sotish yoki kelgusi mavsum uchun ijaraga berish haqida bosh qotirishgan. Klubning ushbu muzokaralaridan keyin Borja 2007—2008-yilgi mavsum uchun Germaniyaning „Mainz 05“ klubiga ijaraga berildi. Mavsum oxirida Mainz rahbariyati Borjani doimiy futbolchi boʻlishiga qaror qilishdi.  2010—2011-yilgi mavsumning qishki transfer oynasida Borjaga Meksikaning Puebla FC klubiga oʻtdi[5].

2010—2011-yillarda Meksikaning „Puebla“ klubida toʻp surdi[6].

2011—2012-yilgi mavsumda Apertaura ligasi vakili „Pachuca“ klubiga oʻtdi 

AQShning Chivasiga ijara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 14-avgustda Borja L.D.U. Quito ijara asosida AQShning Chivas futbol jamoasiga qoʻshildi[3].

South China AA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 28-dekabrida Gonkong giganti South China AA Facebook orqali futbolchi guruhga qoʻshilganini eʼlon qildi[7].

El Nacionalga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 24-yanvarida Felix Borja El Nacional bilan shartnoma imzoladi. Ilgari erkin agent edi. 

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Borja 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Ekvador tarkibiga kiritilgan[8]. 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Ekvador terma jamoasi safida bir nechta oʻyinlarda, shu jumladan Urugvayga qarshi oʻyinda ishtirok etdi. Germaniyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va Ekvador 0:3 hisobida magʻlub boʻldi[9].

Borja FIFA Jahon chempionatidan keyin bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushdi. 2006-yil oktyabr oyida Shvetsiyada oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida Braziliya darvozasiga gol urdi. 2007-yilgi Amerika kubogi uchun Ekvadorga chaqirilgan va Braziliyaga qarshi oʻyinda tarkibga kiritilgan[10].

Xalqaro gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Ekvadorning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[11].
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2005-yil 18-avgust Estadio Federativo Reina del Cisne, Loja, Ekvador  Venesuela 1 — 0 3 — 1 Doʻstona
2. 2005-yil 27-dekabr Qohira xalqaro stadioni, Qohira, Misr  Senegal 1 — 1 1 — 2 2005-yilgi LG kubogi
3. 2006-yil 10-oktyabr Råsunda stadioni, Stokgolm, Shvetsiya  Braziliya 1 — 0 1 — 2 Doʻstona

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
26-aprel, 2016-yilgi holat boʻyicha
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
El Nacional 2001 Serie A 9 4 - 1 0 10 4
2002 Serie A 21 4 - 0 0 21 4
2003 Serie A 11 6 - 0 0 11 6
2004 Serie A 29 3 - 4 4 33 7
2005 Serie A 49 26 - 2 0 51 26
2006 Serie A 10 7 - 6 5 16 12
Jami 129 50 - 13 9 142 59
Olympiacos 2006—2007 Superleague 23 5 0 0 4 0 27 5
Jami 23 5 0 0 4 0 27 5
Mainz 05 2007—2008 2. Bundesliga 32 16 1 1 0 0 33 17
2008—2009 2. Bundesliga 19 6 2 0 0 0 21 6
2009—2010 Bundesliga 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 52 22 3 1 0 0 55 23
Puebla 2011 Clausura Liga MX 15 6 0 0 0 0 15 6
Jami 15 6 0 0 0 0 15 6
Pachuca 2011—2012 Liga MX 30 5 0 0 0 0 30 5
2012 Apertura Liga MX 12 5 1 1 0 0 13 6
Jami 42 10 1 1 0 0 43 11
Puebla 2013 Clausura Liga MX 14 7 2 1 0 0 16 8
2013 Apertura Liga MX 11 0 0 0 0 0 11 0
Jami 25 7 2 1 0 0 27 8
LDU Quito 2014 Serie A 16 2 - 0 0 16 2
Jami 16 2 - 0 0 16 2
Chivas USA 2014 MLS 12 3 0 0 0 0 12 3
Jami 12 3 0 0 0 0 12 3
Mushuc Runa 2015 Serie A 11 1 - 0 0 11 1
Jami 11 1 - 0 0 11 1
Real Garcilaso 2015 Primera División 14 1 - 0 0 14 1
Jami 14 1 - 0 0 14 1
South China 2015—2016 Premier League 5 0 6 3 0 0 11 3
Jami 5 0 6 3 0 0 11 3
Jami faoliyati 344 107 12 6 17 9 373 122
  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Ecuador“. FIFA (21-mart 2014-yil). 10-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Félix Borja“. footballdatabase.eu. Qaraldi: 25-mart 2012-yil.
  3. 3,0 3,1 „Chivas USA acquire forward Felix Borja on loan from LDU Quito to help bolster attack“. mlssoccer.com. MLS (14-avgust 2014-yil). Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.
  4. Copa Libertadores 2006
  5. Thomas Zocher. „Borja granted Mainz exit“. skysports.com. Sky UK (8-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.
  6. „Mainzer "Maskenmann" Borja wechselt nach Mexiko“ (olmoncha). Süddeutsche Zeitung (9-dekabr 2010-yil). 2010-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2010-yil.
  7. „南華足球隊2014-2017 South China Football Team 2014-2017 on Facebook“. Facebook. 2022-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Ecuador“. FIFA.com. 2015-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.
  9. „Ecuador 0 – 3 Germany“. FIFA.com. 2015-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.
  10. „Brazil - Ecuador“. conmebol.com (4-iyul 2007-yil). 2008-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-avgust 2018-yil.
  11. „Borja, Félix“. National Football Teams. Qaraldi: 31-yanvar 2017-yil.