FIFA Qitʼalararo Kubogi 2024

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024 FIFA Qitʼalararo Kubogi
Umumiy maʼlumotlar
Sana Dekabr 2024-yil
Jamoalar (6 ta konfederatsiyadans)
2025

2024-yilgi FIFA Qitʼalararo Kubogi FIFA tomonidan har yili oʻtkaziladigan klublar futbol turnirining ilk musoboqasi hisoblanadi. Turnir har bir FIFA konfederatsiyasida oʻtgan mavsumdagi qitʼa chempionatlarida gʻolib boʻlgan oltita jamoadan iborat boʻlib, oʻzaro bir yoʻnalishda oʻynaydi. U 2024-yilning dekabr oyida birinchi turlar bitta jamoa uchun uy stadionida, keyingi turlar esa neytral maydonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan[1].

Turnir koʻproq ishtirokchilar ishtirokida toʻrt yilda bir marta va yangilangan xolatida tashkil etilgan FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining yillik versiyasi oʻrniga xizmat qiladi. Uning nomi oxirgi marta 2004-yilda UEFA va CONMEBOL jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan sobiq Qitʼalararo kubogidan olingan. Turnir formati va nomi FIFA kengashi tomonidan 2023-yil 17-dekabrda tasdiqlangan[2][3].

Format[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir formati FIFA kengashi tomonidan 2023-yil 17-dekabrda tasdiqlangan[1].

  • Birinchi tur: 2023–24-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi yoki 2023–24-yilgi CAF Chempionlar Ligasi gʻolibi (qur‘a natijasiga koʻra) 2024-yilgi OFC ChL gʻolibini qabul qiladi.
  • Ikkinchi tur: 2023–24-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi yoki 2023–24-yilgi CAF Chempionlar Ligasi gʻolibi birinchi davra gʻolibini qabul qiladi. 2024-yilgi CONCACAF Chempionlar kubogi gʻolibi va 2024-yilgi Libertadores kubogi gʻolibi jamoalardan birining uy stadionida oʻzaro oʻynaydi.
  • Pley-off: Ikkinchi davra oʻyinlari gʻoliblari neytral maydonda oʻzaro oʻynashadi.
  • Final: pley-off bosqichi gʻolibi 2023-24-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi bilan neytral maydonda oʻynaydi.

Saralangan jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Konfedratsiya Saralangan Saralangan sana
Finalga chiqish
UEFA 2023-24 UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi 2024-yil 1-iyun
Ikkinchi bosqichga kirish
CONCACAF 2024-yilgi CONCACAF chempionlar kubogi gʻolibi 2024-yil 2-iyun
CONMEBOL 2024-yilgi Libertadores kubogi gʻoliblari 2024-yil 30-noyabr
Birinchi yoki ikkinchi bosqichga kirish[note 1]
AFC 2023–24 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibi 2024-yil 25-may
CAF 2023–24 CAF Chempionlar Ligasi gʻolibi 2024-yil 25-may
Birinchi bosqichga kirish
OFC 2024-yilgi OFC Chempionlar Ligasi gʻolibi 2024-yil 25-may

Oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi bosqichIkkinchi bosqichPlay-offFinal
              
AFC yoki CAF chempion
OFC chempion
 
AFC yoki CAF chempion
14-dekabr
 
 
CONMEBOL chempion
CONCACAF chempion
18-dekabr
 
UEFA chempion

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. AFC Osiyo chempionlar ligasi 2023/2024 yoki 2023–24 CAF Chempionlar Ligasi g‘olibi birinchi bosqichda 2024 OFC Chempionlar Ligasi gʻolibiga qarshi o‘ynashini qur’a aniqlaydi. Natijada ikkinchi bosqichga boshqa saralangan jamoa yoʻl oladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]