Fadak sariyyasi
Qiyofa
Fadak sariyyasi - hijriy 627-yilning dekabrida, islom taqvimining 8-oyida bo‘lib o‘tgan.
Ali ibn Abu Tolib guruh qo‘mondoni sifatida Bani Sa’d ibn Bakr qabilasiga qarshi Fadak degan joyga jo’natildi. Muhammad alayhissalom Bani Bakrning Xaybar yahudiylarini qo‘llab-quvvatlash uchun saf to‘plagani haqida ma’lumot olgan edilar.
Musulmon jangchilari kunduzi harakatlanib, kechasi yashirinib yurishardi. Ular yo‘lda Xaybar qabilasiga xurmo evaziga yordam taklifi bilan yuborilgan dushman razvedkachini qo‘lga oldilar. Ali va uning hamrohlari ularning qarorgohiga bostirib kirib, 500 ta tuya va 2000 ta echkini o‘lja oldilar. Ammo Banu Sa’d ibn Bakr qabilasi boshliqlari Vabr ibn Alim bilan qochib ketishdi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford University Press, 1956 — 115-bet. ISBN 978-0-19-577307-1. „At Fadak B. Sa'd had been raided by 'Ali“ (free online)