Kontent qismiga oʻtish

Falastin ozodlik fronti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Falastin ozodlik fronti (arabcha: PLF) — Falastinning siyosiy ziddiyatlari. 1997-yildan buyon FOF AQSh [1] tomonidan va 2003-yildan esa Kanada tomonidan tuzilgan terror tashkiloti sifatida tanilgan[2]. FOF Yaponiyada taqiqlangan hisoblanadi [3].

Terrorchilik mashgʻulotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Achille Lauro boshqaruvining qoʻlga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yil 7-oktyabr kuni bir baxtsiz hodisa tufayli MS Achille Lauro kemasi qoʻlga olindi. Kemani qoʻlga olganlarning asosiy maqsadi Isroil davlatiga kirib olish edi. Biroq, ekipaj aʼzolari ularning qurollarini yigʻayotgan vaqtida koʻrib qoldilar va kemani oʻz nazoratlariga oldilar va New Yorklik yahudiy keksa va nogironlar aravachasidagi Leon Klinghoffer oʻldiriladi [4].

AQSh jangchi samolyotlari Abu Abbas boshchiligida qochishni rejalashtirayotgan Misr samalyotini qoʻlga oldi va uni Siciliya Sigonella shahridagi AQSh havo kuchlari hududiga tushurishga majbur qiladilar. Italiyaliklar Abbasni ozodlikka chiqishiga ruxsat beradilar, ammo keyinchalik u toʻsatdan 5 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Abbas Tunisiadan haydalgandan soʻng , Bagʻdod va Iroqda oʻz boshqarmasini tuzdi.

AQSh hukumati Abbasga qarshi oʻz ayblovlarini qoʻymoqchi boʻlgan bir vaqtda 1986-yil unga qarshi qoʻyilgan barcha jinoyatlar olib tashlandi va aybsiz deya topildi [5].

1990-yilgi sohil reydi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yil may oyida FOT va Isroil oʻrtasida boʻlayotgan janjalni hal qilish uchun Iroqdan yordam soʻradilar va FOF Isroilning Nizanim sohiliga hujum uyushtirdi. Hujumchilar sayohatchilar va Isroil fuqarolarini oʻldirishni moʻljallagan edi, ammo buni oldi olindi. Biroq, harakat muhim edi, chunki 1988-yilda boshlangan Amerika-Falastin muzokarasida Yasser Arafat qoralanardi , AQSh esa ushbu muzokaradan voz kechishi mumkin edi. Arafat bu masalada jim yurishidan qatʼi nazar, FOF Falastin Ozodlik tashkiloti qarshisida kuchli tanqidlarga uchradi va Abu Abbasning boshqarmasini oʻz oʻrnidan pastga tushirishi kerak edi [6].

Soʻnggi yillarda FOF

[tahrir | manbasini tahrirlash]

FOT rahbari FOT ijroiya qoʻmitasi raisi FOT vakili sifatida Abu Abbas faol faoliyat yuritgan . FOT qoʻmitasi 1993-yilgi Oslo bitimini imzolaganidan soʻng, FOF tomonidan qarshilik koʻrsatiladi va natijada Abu Abbas terrorizmdan voz kechishga rozi boʻladi va Isroilni davlat sifatida tan olinish huquqini berdi. Bu harakat Falastin hududlarini, Livan va Iroqdagida ofislarni saqlab qolgan, ammo faoliyatlarini kamaytirgan. Gʻarbiy bank va Gʻazo sektorida uni qoʻllab-quvvatlaydiganlar kam boʻlgan va asosiy eʼtibor Livan qochqinlar lageriga qaratilgan.

2001-yil noyabr oyida Isroil hukumati tomonidan FOF aʼzolaridan 15 nafari hibsga olingan. Qamoqqa olinganlarning baʼzilari harbiy taʼlimni Iroqda olgan edi . Ushbu Quddusdagi qamoqxonasi mahbuslari Tel-Aviv va Ben Gurion aeroportlariga hujum qilishni rejalashtirishgan edi. Yana, bu qamoqxona Isroil fuqarosi Yuri Gushsteinning oʻldirilishi va boshqa terrorchilik ishlarida ham qatnashgan edi [7].

2003-yil aprel oyida AQSh boshchiligidagi Iroq erkinlik kurashi vaqtida Abu Abbas AQSh kuchlari tomonidan qoʻlga olinadi. U 2004-yil 9-mart kuni Iroqdagi AQSh qamoqxonalaridan birida boʻlganda tabiiy sababga koʻra vafot etadi [8].

  • 1979-yil Naxariya hujumi
  • Falastin ozodlik fronti (Abu Nidal Ashqar tomoni)
  • Falastin ozodlik fronti (Abdul Fattah Ghanim tomoni)