Kontent qismiga oʻtish

Fam Tuan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fam Tuan
Tavalludi 1947-yil 14-fevral
Fuqaroligi Vyetnam
Unvoni

Fam Tuan (vyetnamcha: Phạm Tuân; 1947-yil 14-fevral da tugʻilgan, Tonkin protektorati, Fransiya Indochinasi) – birinchi Vyetnam kosmonavti[1][2][3], Mehnat Qahramoni (1980), Sovet Ittifoqi Qahramoni (1980)[4].

1947-yil 14-fevralda Tonkin protektorati (Fransuz Indochina), hozirgi Kien Suong okrugi, Tai Bin provinsiyasi (Vyetnam) Quok Tuan qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan.

1964-yilda oʻrta maktabni tugatgan. 1965-yilda Vetnam xalq armiyasiga (VPA) chaqirilgan. U aviatsiya boʻlimida texnik boʻlib xizmat qilgan. Keyin Fam Tuan SSSRga yuborildi va u yerda Krasnodardagi harbiy uchuvchilar maktabi kursini tamomladi. 1967-yilda vataniga qaytib keldi. U VNA qiruvchi aviatsiyasida, Qizil yulduz polkida uchuvchi boʻlib xizmat qilgan. Fam Tuan MiG-17 samolyotida uchgan. 1968-yilda Vetnam Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi.

Fam Tuan shuningdek Amerikaga qarshi urush qatnashchisi ham boʻlgan. 1972-yil dekabr oyida amerikaliklar Shimoliy Vetnam hududini bilan bombardimon qilishni boshladilar. Oʻsha yilning 26-dekabrida Fam Tuan MiG-21 samolyotida bombardimonchilar guruhiga qarshi janga chiqdi.

1977-yilda Fam Tuan Moskvaga keldi va u yerda Harbiy-havo kuchlari akademiyasiga oʻqishga kirdi. 1979-yil aprel oyida maxsus komissiya qarori bilan Fam Tuan Vyetnam Sotsialistik Respublikasidan (SRV) kosmonavtlik uchun nomzodlar guruhiga kiritildi va Kosmonavtlarni tayyorlash markazida oʻqishni boshladi.

1980-yil 23-iyulda Moskva vaqti bilan soat 21.33 da Bayqoʻngʻir kosmodromidan „Soyuz-37“ kosmik kemasi bilan raketa uchirildi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1980-yil 31-iyuldagi farmoni bilan „Salyut-6“ – „Soyuz“ orbital ilmiy-tadqiqot kompleksida kosmik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgani va bunda koʻrsatilgan jasorat va qahramonlik uchun Fam Tuan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hdmda „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlangan.

Fam Tuan 2008-yilda nafaqaga chiqdi.

General-leytenant (1999),

SRV uchuvchi-kosmonavti (1980),

Xalq Qurolli Kuchlari Qahramoni (09.03.1973),

Mehnat Qahramoni (08.01.1980).

Lenin ordeni (31.07.1980),

Vetnam ordenlari,

1-darajali Xo Chi Min (01.01.1980),

1-darajali „Harbiy jasorat uchun“ medallari,

„Koinotni oʻrganishdagi xizmatlari uchun“ medallari

"(12.04.2011). Buyuk Pyotr xalqaro mukofoti laureati (2001).

  1. Ivan Petrov. Pobeda „Interkosmosa“ // jurnal "Drujba narodov", № 7, 1982. str.268-269
  2. Fam Tuan (Pham Tuan) // Sovetskiy ensiklopedicheskiy slovar. redkoll., gl. red. A. M. Proxorov. 4-e izd. M., „Sovetskaya ensiklopediya“, 1986. str.1401
  3. Fam Tuan (Pham Tuan) // Bolshoy ensiklopedicheskiy slovar (v 2-x tt.). / redkoll., gl. red. A. M. Proxorov. tom 2. M., „Sovetskaya ensiklopediya“, 1991. str.541
  4. „Fam Tuan“.