Kontent qismiga oʻtish

Fan va turmush

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fan va Turmush
Sohasi Ilmiy-ommabop
Davriyligi Ikki oyda bir marta
Nomining qisqartmasi FvaT
Tili Oʻzbekcha, Ruscha
Tahririyat manzili 700047, Toshkent, Akademik Yahyo Gʻulomov koʻch., 70
Bosh muharrir Behzod Yoʻldoshev
Muassislar OʻzFa
Nashriyot (mamlakat) Ruta Print (Oʻzbekiston)
Nashr tarixi 1937 yildan
Hajmi 7.5 bosma taboq
Adadi 4200 nusxa

Veb-sayti: www.fvat.uz

Fan va turmush – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-maʼrifiy, ommabop jurnali. Toshkent shahrida 1 yilda 6 marta nashr qilinadi. Dastlab „Sotsialistik ilm va texnika“ (1933—1935), „Sotsialistik fan va turmush“ (1939—1941) nomlari bilan chop etilgan. Muayyan sabablar tufayli 1941-yil iyulidan 1957-yil fevralgacha nashr etilmagan. 1957-yildan hozirgi nomdagi jurnalning qayta tiklanishida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari H. Abdullayev, T. QoriNiyoziy, jurnalist A. Yoqubovning xizmati katta. Jurnalga taniqli olimlar Otajon Hoshim (193337), T. QoriNiyoziy (1937, 194041, 195870), I. Islomov (193839), I. Muminov (1957), M. Urozboyev (1970—1971), M. Homidxonov (1972), Yo. Toʻraqulov (197488), K. Zufarov (1988—1992), M. Sharifxoʻjayev (1992—2001)lar muharrirlik qilishgan.

Oʻtgan davrlarda jurnal sahifalarida ilm-fanning barcha sohalari, ularning ayrim tarmoqlari rivoji, jahondagi turli elelatlar haqida muntazam ravishda maqolalar chop etildi. Oʻzbekistonda fantast yozuvchilarning shakllanishida jurnal muharririyati huzuridagi „Fantast yozuvchilar maktabi“ning hissasi katta boʻldi (H. Shayxov, M. Mahmudov, S. Abdullayeva, Gʻ. Jahongirov, X. Dustmuhamedov, O. Muminov, R. Obidov va boshqalar).

Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida jurnal mamlakat xalqi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va tafakkurida milliy gʻoya, milliy mafkura va umumbashariy qadriyatlarga, demokratik tamoyillarga hamda fanning soʻnggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga, xalqimizni yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli etish yoʻlida jahon kashfiyotlarini, oʻzbek olimlarining xorijiy mamlakatlar ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorligi natijalarini keng targʻib qilishga, buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyati hamda ilmiy merosidan xalqimizning bahramand boʻlishiga alohida eʼtibor berib kelmoqda.

2003-yildan jurnalda maqolalar oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda. Muharriri Shuhrat Egamberdiyev (2002-yildan).