Faqiriy (shoir)
Ismoilxon Faqiriy | |
---|---|
Ismoilxon ibn Ibrohim Xoja ibn Hidoyatilloxon ibn Mirzo Kalon Abdulaziz Xojai Shahrisabziy | |
Tavalludi |
1910-yil Shahrisabz |
Vafoti |
1-aprel 1980-yil Kitob tumani Sariosiyo qishlogʻi |
Kasbi | adib |
Dini | islom |
Faqiriy (taxallusi; asl ism-sharifi Ismoilxon Shayx Ibrohimxon oʻgʻli Shahrisabziy) (1910-yil, Shahrisabz – 1980-yil 1-aprel Kitob tumani) – shoir. Naqshbandiya tariqati silsilasini davom ettiruvchi murshid darajasiga erishgan[1]. Faqiriy oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Shoirning „Devon“, „Bayoz“, „Ashʼori mutafarriqot“ („Parokanda baytlar“) kabi sheʼriy toʻplamlari, shayx sifatida yozib qoldirgan „Risolai tariqi zikr“ („Zikr odobi risolasi“), „Risolai tariqat“ noʻmli tasavvufiy risolalari hamda duoxonlik, tibbiyotga bagʻishlangan „Kitobi adʼiya min mujarraboti Xalili Ixvon“ („Xalil Ixvon tomonidan qoʻllangan duolar kitobi“) deb nomlangan asari qoʻlyozmasi saqlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoilxon Faqiriy 1910-yilda Shahrisabzda tugʻilgan. Uch yoshida otasi vafot etib, yetim qoladi. Avval onasi soʻngra togʻalari qoʻlida tarbiyalanadi. Ilk taʼlimni bobosidan oladi.
Taxallusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faqiriy shoirning taxallusi boʻlib asl ismi Ismoilxon ibn Ibrohim Xoja ibn Hidoyatilloxon ibn Mirzo Kalon Abdulaziz Xojai Shahrisabziy hisoblanadi. Yana bir taxallusi Faqiriy-Shahrisabziy boʻlib, sheʼrlarida asosan Faqiriy, Faqriy, Faqir shakllari ham qoʻllanadi.
Toshkentga qilingan safarlarning birida Habibiy bilan uchrashadi. Habibiy unga oʻsha kun mafkurasiga moslab Xaliliy taxallusi ostida ijod qilishni tavsiya etadi. Ismoilxon hurmat yuzasidan shu taxallus ostida Habibiyga bagʻishlab sheʼr yozadi. Keyinchalik esa yana oʻz taxallusida ijod etadi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faqiriy oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Adibning eng muhim sheʼriy, adabiy va ilmiy-marifiy asarlari: „Devon“, „Bayozi Faqiriy“, „Ashʼori mutafarriqot“ („Parokanda baytlar“) kabi sheʼriy toʻplamlari, shayx sifatida yozib qoldirgan „Risolai tariqi zikr“ („Zikr odobi risolasi“), „Risolai tariqat“ nomli tasavvufiy risolalari hamda duoxonlik, tibbiyotga bagʻishlangan „Kitobi adʼiya min mujarraboti Xalili Ixvon“ („Xalil Ixvon tomonidan qoʻllangan duolar kitobi“) deb nomlangan asari qoʻlyozmasi saqlangan. Shu bilan birgalikda, „Kitobi ad’iya min mujarriboti Halili Ixvon“, „Zaruriyot“, „Riyoz ul-muzakkirayn“ singari asarlari, „Hikoyoti Fotimat-uz-Zahro va Oisha“ singari bir qancha muhim tasnif va tajimalari mavjud. Bu asarlar asosan turkiy-ozbek hamda for-tojik tillarida yozilgan qoʻlyozmalardir.
Ismoilxon Faqiriyning „Bayozi Faqiriy“ nomli asari 2003-yil „Adolat“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Mazkur kitob Mirzo Kenjabekov risolasi hisoblanadi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adib 1980-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Sariosiyo qishlogʻida vafot etgan. Uning avlodlari hozir ham shu hududda isteqomat qiladi[2].
Yodga olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoir nomi davlat miqyosida ilk marotaba Shahrisabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan anjuman vaqtida tilga olingan. Bu faoliyatda doktor va professor Shodmon Vohidov hamda adibning nabirasi Mas’udxon Ismoiliyning hissasi bisyor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mas’udxon ISMOILOV, „Ulug‘larni ulug’lagan yurt“. uzhurriyat.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ Yoʻldoshev, Boynazar. Qashqadaryo adiblari. Toshkent: Oltin-nashr, 2020-yil — 24-34-bet. ISBN 978-9943-6333-0-8.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Faqiriy (shoir)“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 2-jild (Beshik — Gidrofizika). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 704-bet.