Kontent qismiga oʻtish

Faqr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

FАQR (arab. - kambagʼallik) - tasavvufda tariqat yoʼliga kirgan orifningtoʼrtinchi maqomi; faqirlik — bu moddiy yetishmovchilik yoki tilanchilik qilish emas, balki Xudo oldida oʼzini ojiz, gʼarib va faqir his qilishdir. Paygʼambar (a.s.): «Faqirlik faxrimdir», deganlari bu bilan faxrlanish, xalqqa kambagʼalligini, tilanchilarga xos xayotini koʼrsatish em as, Xudo oldida ojiz va faqirligini his etib yolvorishdir. Bu maqomning uch bosqichi bor: birinchi bosqichda orif nima topsa, shunga qanoat qiladi. Ikkinchi bosqichda orif oʼzida dunyo molidan kechish hissini tarbiyalaydi. Soʼnggi bosqichda uning uchun boylik va kambagʼallikning farqi boʼlmaydi.

[1][2] [3] [4] [5] [6] [7] [8]

  1. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  2. Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
  3. Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
  4. Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
  5. Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
  6. Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
  7. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
  8. Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.