Fargʻona issiqlik elektr markazi
Fargʻona issiqlik elektr markazi | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Joylashuvi | Fargʻona shahri, Sanoat koʻchasi, 40-uy, 150106 |
Egasi | „Issiqlik Elektr Stansiyalari“ AJ |
Maqomi | “IES” AJ Fargʻona IEM filiali |
Ishlatilishi boshlangan | 1956-yil |
Asosiy tavsifi | |
Elektr quvvati, MVt | 305 mVt |
Uskunalar tavsifi | |
Asosiy yoqilgʻi | mazut, tabiiy gaz |
Xarita | |
40°26′56″N 71°45′55″E / 40.44889°N 71.76528°E
Fargʻona issiqlik elektr markazi (qisqacha Fargʻona IEM yoki FIEM) – 1956-yilda tashkil etilgan[1]. Sovet Ittifoqi davrida elektrostansiya V. I. Lenin nomi bilan atalgan[2]. 2002-yil ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, 2014-yilda esa „Fargʻona IEM“ AJga aylantirilgan. 2019-yildan „Issiqlik elektr stansiyalari“ AJ tarkibidagi „Issiqlik elektr stansiya“ AJ Fargʻona issiqlik elektr markazi filiali hisoblanadi [3]. Fargʻona shahrida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona IEM qurilishi 1954-yilda boshlangan[2].
1956-yilda birinchi navbatda VPT-25-3 tipidagi quvvati 25 megavatt boʻlgan turbogenerator hamda TP-170 tipidagi 2 ta qozon qurilmasi bilan ishga tushirilgan[1].
1959-yilda ikkinchi navbatda VPT-25-4 tipidagi quvvati 25 mVt boʻlgan turbogenerator hamda TP-170 tipidagi 1 ta qozon qurilmasi ishga tushirilgan[1]. Ikkinchi navbatdagi quvvatlarning ish boshlash sanasi Fargʻona IEM qurilishining bitkazilishi sanaladi[2].
1961-yilda 4-turboagregat va qozon agregati, 1962-yilda 5-qozon agregati, 1964-yilda esa BKZ-160-100F rusumli 6-qozon agregati ishga qoʻyilgan.
1966-yilda PT-501-130/13 turboagregat hamda TGM-84 qozon agregati ishga tushirilgan. 1967-yilda esa P-50-130/13 turboagregati va TGM-84 qozon agregati ish boshlagan.
1980-yilda Fargʻona IEMda PTVM-100 va 1-boʻlim KOPS parli qurilma oʻrnatilgan. 1981-yilda 2-boʻlim parli qurilma ishga tushirildi. Parli qurilma IEMdagi choʻkindi suvlarni tozalab, distillangan holatda yana qozonlarga qaytaradi.
Quvvati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona IEM quvvati 305 mVt[2] [1], yoqilgʻi turi – mazut, tabiiy gaz; yoz mavsumida – tabiiy gaz.
2017-yil 21-fevralda imzolangan PQ-2794 sonli Prezident qarorida Fargʻona IEMga yangi gaz trubinalari oʻrnatilishi belgilangan. Qarorda issiqlik elektr markazida 83 626,3 ming AQSh dollariga teng loyiha amalga oshirilishi koʻzda tutilgan[4].
2019-yilning dekabr oyida Fargʻona IEM hududida quvvati 7 mVt boʻlgan gaz trubina qurilmasi ishga tushirildi. Ushbu gaz trubinasi yiliga qoʻshimcha 58 400 ming kilovatt*soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatadi va 63 400 Gkal issiqlik energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib beradi. Buning natijasida Fargʻona shahri Abdulla Qodiriy dahasida joylashgan 3850 ta xonadondan iborat 78 ta koʻp qavatli uylarga elektr energiyasi yetkazib beriladi[5].
2022-yil iyul oyida Fargʻona IEM hududida quvvati 1800-2000 kVt boʻlgan quyosh elektr stansiyasi qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha tender eʼlon qilindi[6]. 26-iyul kuni yakunlangan tender gʻolibi sifatida „Oʻzbekenergotaʼmir“ AJ bilan 14,134 mlrd soʻmlik shartnoma imzolandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „“Farg'ona IEM” филиали хақида“. fiem.uz. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Ферганская ТЭЦ (Фергана)“. wikimapia.org. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
- ↑ „Kompaniyalar guruhi“. tpp.uz. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
- ↑ „“Farg‘ona IEM va Farg‘ona RK-3 qozonxonasida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbinali texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori“. lex.uz. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
- ↑ „“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Farg‘ona va Namanganda press-tur tashkil qildi“. Kun.uz (2020-yil 28-noyabr). Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.
- ↑ „1 - Услуга по пусконаладочным работам и монтажу солнечных электростанций и их модулей“. etender.uz. Qaraldi: 14-iyun 2023-yil.