Fargʻona stadioni
Fargʻona Markaziy (Spartak) Stadioni | |
---|---|
Toʻliq nomi | Farg'ona Markaziy (Spartak) Stadioni |
Sobiq nom(lar)i | Spartak Stadioni |
Joyi | Uzbekistan OʻzbekistonFargʻona |
Asos solingan | 1930-1932 yillar |
Qachon qurilgan | 1932- yil |
Qachon ochilgan | 1932- yil |
Qachon taʼmirlangan | 1980, 1985, 1994, 2002-yillar |
Egasi | Fargʻona davlat universiteti |
Operator | Oʻzbekiston futbol federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy oʻt |
Hajmi | 3000 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 105m x 68m |
Maydon egalari | |
Fargʻona davlat universiteti |
"Fargʻona" stadioni (avvalgi nomi "Spartak" stadioni) — Fargʻona shahrida joylashgan futbol oʻyingohi. Toʻliq manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Fargʻona shahri, Bobur koʻchasi, 2-uy. „Neftchi“ futbol klubining sobiq uy stadioni hisoblanadi.[1] Oʻrindiqlar soni — 4000 (eski xolati 14600). Maydon (oʻlchami — 105 x 68 m) tabiiy oʻt bilan qoplangan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neftchi va stadion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neftchi oʻz uyidagi oʻyinlarini dastlab Fargʻona shahridagi "Markaziy(Sobiq nomi Spartak)]] stadionida oʻtkazdi. „Markaziy“ Fargʻona stadioni 1932-yilda qurilgan va 2012-yilgacha klubning uy arenasi boʻlgan. Neftchi jamoasi 1962-yil SSSR ligalaridan, Mustaqil Oʻzbekistonning Musobaqalari (Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston Kubogi) va xalqaro musobaqalar (Osiyo Chempionlar ligasi) uchun xizmat qildi Shuningdek Fargʻona davlat universiteti uchun ham hizmat qilgan. Stadionnning qayta tanirdan avvalgi xolati: sigʻimi 14600 Yoritilish kuchi — 1254 lyuks/m²
Stadion nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion dastlab „Spartak“ stadioni sifatida ham tanilgan. Mustaqilik yillarida jamoa arenasi nomi Fargʻona „Markaziy“ stadioni sifatida nomlana boshladi. Stadion 2012-yilda rekonstruksiya uchun yopilgan. Yangi arenani boshqa joyda qurish rejalari 2011-yilda boshlangan edi. „Neftchi“ 2012-14-yilgi mavsumdagi uy oʻyinlarini va 2015-yilgi mavsumning ayrim oʻyinlarini „Qirguli SM“ va „Qoʻqon“ stadionlarida oʻtkazdi. Sovet davridan to Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan 2015-yilgacha „Neftchi“ning uy arenasi 'Fargʻona „Markaziy“ (Spartak) stadioni boʻlib, 14 600 tomoshabinni sigʻdira olar edi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadiondagi tarixiy uchrashuvlardan: 1-Oʻzbekiston Super Kubogi aynan Fargʻona shahrida Markaziy stadinda 1999-yil Pahtakor va Navbaxor jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv oʻtkazilgan Uchrashuvni 6000 dan ortiq tomoshabin kuzatib borgan.
2002-yil Umid nihollari Sport Oʻyinlari[2]ga Fargʻona shahri mezbonlik qilgan vaqtida, asosiy sport arenasi aynan Fargʻona Markaziy stadioni boʻlgan. Arenada Musobaqaning ochilish va yopilish marosimlari oʻtkazilgan.
Xalqaro musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neftchi jamoasining tarixiy uchrashuvlaridan Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi musobaqalari oʻyinlarida uy arena sifatida hizmat qilgan[3]. 1994/1995-yilgi Mavsum OCHL oʻyinlarida sarlash baxslari[4] uchun Fargʻona Viloyati mezbonlik qilgan va Fargʻona markaziy stadioni shuning dek Atlaschi Stadioni ham mezbon arena vazifasini bajargan. 2007-yil Osiyo chempionlar ligasida Suriyaning „Al-Karama“ klubiga 20000 ming muxlis qarshisida Qatarning „Al-Sadd“ klubiga 14600 muxlis qarshisida murosasiz baxslarda qatnashgan[5]. 2009-yil OFK Kubogi doirasida Chorak finalda Tailandning Saut Chayna jamoasiga qarshi ogʻir uchrashuvlardan birini oʻtkazgan. Uchrashuvda Neftchi jamoasi 5-4 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa hujumchisi Anvar Berdiev benfisiga aylangan oʻyinda 4 bor raqib darvozasiga gol urib Poker qayd etgan. Uchrashuvda vaqtida Stadionda 17500 muxlis qayd etilgan
Hozirgi egasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda bu arena Fargʻona davlat universitetiga topshirilgan boʻlib qayta taʼmirdan soʻng 3 000 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdiradi[6]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
- ↑ „Umid nihollari“.
- ↑ „«Фарғона» марказий стадионидан репортаж“ (2013-yil 6-mart). 2013-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „1994/1995 yil Osiyo Chempionlar ligasi baxslari“.
- ↑ „2007 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi“.
- ↑ „"Фарғона" марказий стадиони сиғими уч мингтага қисқаради“ (24 июл 2013). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.