Kontent qismiga oʻtish

Fargʻona tor yoʻli (Moskva)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fargʻona tor yoʻli yoki Ferganskiy proyezd (ruscha: Ферганский проезд) — Rossiya poytaxti Moskva shahrining janubi-sharqiy maʼmuriy okrugidagi Vixino-Julebino tumanida joylashgan tor yoʻl.

Fargʻona koʻchasi va Volgograd shoh koʻchasi oraligʻida joylashgan. Moskvadagi ushbu tor yoʻl Oʻzbekistondagi Fargʻona shahri sharafiga nomlangan. Bundan tashqari ushbu tumanda oʻzbek shaharlari va joylari haqida boshqa koʻchalar bor. Bular: Toshkent koʻchasi, Toshkent tor koʻchasi, Samarqand bulvari va Fargʻona koʻchasi.